SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Xorvatiya Davlatchilik kuni
2020-06-25

1991 yil 19 mayda Xorvatiyada referendum bo‘lib o‘tdi, unda 93,94% saylovchilar Xorvatiya Respublikasining suvereniteti va mustaqilligi uchun ovoz berishdi.

Xorvatiya Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan, referendumda qabul qilingan qaror barcha davlat organlari uchun majburiy edi, shuning uchun Xorvatiya parlamenti 1991 yil 25 iyunda ikkita muhim qarorni qabul qildi: Xorvatiya Respublikasining suvereniteti va mustaqilligini e’lon qilish to‘g'risidagi deklaratsiya va Xorvatiya Respublikasining suvereniteti va mustaqilligi to‘g'risida konstitutsiyaviy qaror.

Biroq, Yevropa hamjamiyati missiyasining vositachiligi bilan 1991 yil 8 iyulda ushbu qarorlarning bajarilishiga uch oylik moratoriy e’lon qilindi.

 Davlatchilik kuni nishonlanishi munosabati bilan, Xorvatiyaning barcha shaharlarida ommaviy bayramlar o‘tkaziladi, konsertlar tashkil qilinadi,  davlat arboblari xalqiga  otashin tabrik so‘zlari bilan murojaat qiladilar  va mustaqillik uchun kurashchilar haykali poyiga gulchambarlar qo‘yiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan