SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Bolalar yozuvchisi Vladimir Mayakovskiy tavallud topgan kun
1893-07-07

Vladimir  Vladimirovich Mayakovskiy Gruziyaning tog’ va o’rmonlar bilan qoplangan kichik, ammo g’oyat go’zal yeri Bog’dodi qishlog’ida 1893- yil 7- iyul kuni o’rmonchi oilasida dunyoga keladi. U 7 yoshga yetganida Pushkin,  Lermontov, Nekrasovlarning ko’pgina she’rlarini yoddan bilar edi. Mayakovskiy 8 yoshga to’lganida uni Kutaisi shahridagi erlar gimnaziyasiga o’qishga beradilar. Bu yerda namunali o’qib yurgan paytda Mayakovskiylar oilasida baxtsizlik yuz beradi. Otasi Vladimir Konstantinovich vafot etadi. 1906 - yilda ularning oilasi Moskvaga ko’chib keladi. Moddiy yetishmovchilik sababli bo’lajak shoir bu yerda o’qishni davom ettira olmadi. 1911- yilda Mayakovskiy Moskva tasviriy san’at bilim yurtiga kirish imtihoni topshirdi. U bilim yurtida bir necha yil o’qidi. Ammo tasviriy san’atdan ko’ra uni she’riyat qiziqtirardi. 1912 - yilda matbuotda Mayakovskiyning dastlabki she’rlari ko’rina boshladi.V.Mayakovskiy bolalar uchun 20 dan ortiq asarlar yaratib, ularni “Yoj” va boshqa jurnallarda nashr ettirdi. Bolalarni jon dilidan sevgan shoirning bu she’rlarida o’tmishning chirkin illatlari qoralanadi, yangi hayotning badiiy surati chizilib, u asosli ravishda ulug’lanadi. V.Mayakavskiy bolalarni kasb – hunarni egallashga, mehnatni qadrlashga, bepayon rus yerini sevishga, u bilan faxrlanishga chorlaydi. V.V.Mayakovskiy bolalar uchun asrlar yozar ekan, bolalar diqqatini mehnatni qadrlashga, Vatanni sevishga, uning yutiqlaridan faxrlanishga jalb etdi. Rus adabiyotidagi maslaksozlik, g’oyasozlikka qarshi kurashar ekan, bolalar adabiyotining ham yuksak g’oyaviy, yosh kutubxonga tushunarli hamda qiziqarli bo’lishi lozimligini ta’kidladi va bunday talablarni amalga oshirish uchun astoydil kurash olib bordi. Shoirning “Semiz bola Petya bilan miqti bola Sima haqida ertak”, “Yaxshi degan so’z nima – yu, yomon degan so’z nima?”, “Bu mening dengiz va moryak haqidagi kitobcham”, “O’qi-da, bor Xitoyga ham Parij degan joyga”, “Uchqur ot”, “May qo’shig’i”, “Qo’lga yangi miltiq olamiz”, “Sayr – tomosha qilamiz” kabi asarlari rus bolalar adabiyotida katta tarixiy voqea bo’ldi. “Yaxshi degan so’z nima-yu yomon degan so’z nima?” asari axloq normalari haqida rus bolalar adabiyotidagi eng yaxshi namunalardan biridir. Bolalar taqdiri uchun eng muhim bo’lgan yaxshi nima-yu yomon ekanligini shoir aniq, soda, hayotiy misollar orqali poetik tarzda tushuntirib beradi. Mayakovskiy yaxshilik  tushunchasini bolalarga shu qadar soda ifodalar orqali singdiradiki, natijada yosh kitobxon zavq – shavq bilan “yomon bo’lmayman jindek” degan qat’iy xulosaga keladi. Shoir she’riyatida mehnat va qurilish mavzuyi  ham asosiy o’rinlardan birini egallaydi. U bolalarga ishlab chiqarish jarayonining asoslari haqida poetik tushuncha beradi. Shoir eng oddiy bir o’yinchoq yasash tasviri orqali foydali mehnatning ijtimoiy mohiyatini ochishga intiladi. Bunday g’oya shoirning “Kim bo’lsam ekan”, “Uchqur ot” she’rlarida o’z aksini topgan. Ayniqsa, “Kim bo’lsam ekan?” asarida shoir mehnatsevar ishchi, ko’rkam, shinam uylar yasovchi muhandis, qo’rqmas, botir uchuvchi, quvnoq va chaqqon doktor obrazlarini yaratish orqali yosh kitobxonda kasb – hunarga bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi. She’rni o’qigan kichik yoshdagi bolalar shular kabi bo’lishni orzu qiladilar. Mayakovskiy har bir kasb va hunarning o’ziga xos xususiyatlarini bolalar tushunchasiga mos detallarda, badiiy tasvirlarda ishonarli tarzda ifodalab, ularning biri ikkinchisidan afzal va gashtli ekanini bo’rtirib ko’rsatadi. Rus bolalar ijodkorlari ijtimoiy – siyosiy mavzularda bolalarbop asarlar yaratishda Mayakovskiy ijodidan ko’p o’rgandilar. Zero, shoir bolalarga har qanday mavzuda siyosiy, axloqiy va boshqa mavzular haqida ham badiiy mukammal asar yozish mumkin ekanligini o’z ijodi orqali isbot qilib berdi. Eng muhimi, uning bolalarga atab yozgan she’rlarining shakli ham, mazmuni ham rang – barang va yangicha edi. Shoir bolalarga eng muhim va jiddiy mavzularda asar yaratganda ham ular diqqatini jalb qila oladigan detal va tashbehlardan mohirona foydalana oladi. Shu jihatdan shoir asarlarining tugallanishi ibratli: u o’z she’rlarini shunday yakunlaydiki, bolalar g’oyasini osonlikcha o’zlashtirishga, estetik zavq olishga muvafffaq bo’lishadi. Mayakovskiyning asarlari Rossiyaga muhabbat, mustahkam jamiyat qurishiga qizg’in chaqiriq, kelajakka zo’r ishonch ruhi bilan sug’orilgandir. 

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2003.     

                         

 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan