SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Yozuvchi Normurod Norqobilov tavallud topgan kun
1953-07-07

Normurod Norqobilov 1953 yil 7 iyulda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog’ tumanidagi Qishliq qishlog’ida tug’ilgan. Hamid Olimjon nomidagi maktabni 1970 yilda tugallagan. So’ngra 1976-1982 yillarda Toshkent Davlat universitetining juralistika fakultetida o’qigan. Yozuvchi bo’lmoq uchun hayotni o’rganmoq kerak, degan shiorga amal qilib, zavod va fabrikalarda slesar, temir yo’l depolarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi bo’lib ishlagan va turli toifadagi kishilar bilan yaqin muloqotda bo’lib, ularning xarakter hususiyatlarini, dunyoqarashlarini o’rgangan. Ozmi-ko’pmi bu o’rganganlari asarlariga ko’chgan. Keyin u tabiat shaydosiga aylanib, O’zbekistondagi ko’pgina tog’ va qirlarni, dala-dashtlarni qadamma-qadam kezib chiqqan. Oqibat hayvonot dunyosiga oid bir qancha asarlari yuzaga keldi. “Changalzor iti”, “Oqbo’yin”, “Tog’ odami”, “Pahmoq”, “Ovul oralagan bo’ri” kabi qissalari shular jumlasidandir.  Baxt nima? Tiriklik-chi? Tiriklikning tigagi nima? Baxtsizlikning qanday shakl-shamoyillari bo’ladi? Umuman olganda, baxtsizlikning rangi bormikan? Inson bolasi shu ikki qutb o’rtasida sarson yashab, biridan ikkinchisiga intilarkan, hamisha o’zligin izlaydi. O’sha qidirgani mehr emasmikan, o’zlik emasmikin? Bu kabi savollarga Normurod Norqobilovning asarlaridan javob topasiz. Shu paytgacha yozuvchi o’ndan ortiq kitob chop ettirdi. “Unutilgan qo’shiq”, “Zangori ko’l”, “Yuzma –yuz”, “ Yemur g’ori”, “Pahmoq”, “Arazchi chumchuq”, “Sariqgul”, “Jo’shqin daryo” shular jumlasidan. Normurod Norqobilovning asarlari o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz tili darsliklariga kiritilgan, bir necha tillarga tarjima qilingan. U “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

 Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan