
O’zbek adabiyotida publisiist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905yili Jizzax shahrida, temirchi oilasida tug’ilgan. U yangi maktablarda o’qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Jizzaxda tashkil qilingan “Sanoyi nafisa” to’garagidagi ishtiroki bo’lg’usi dramaturg taqdirini bir umrga belgilab berdi. Nazir Safarov o’zbek dramaturgiyasining shakllanishida ma’lum iz qoldirgan “Tarix tilga kirdi” (1931), “Uyg’onish” (1939), “Sharq tongi” (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. Urush davrida Nazir Safarov harbiy jurnalist sifatida frontning oldingi jabhalarida bo’lib, jangchilarning qahramonligi haqida hikoya qiluvchi “O’q o’tmas botir”, “Vodillik qahramon”, “Komissar Qoraboyev”, “Sevgi”, “So’nggi nafasgacha”, “O’zbek farzandlari”, “Qahramonning tug’ilishi” kabi qator ocherklar yozdi. Uning urushdan keyingi davrda hayotdagi yangiliklar, yaxshi tashabbuslar targ’ibotchisi sifatida yaratgan asarlari alohida diqqatga sazovor. “Uzoqni ko’zlagan ayol” qissasi shular jumlasidandir. Yozuvchining 1954-1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari “Hayot maktabi”, “Elmurod” (M.Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pyesalaridir.Dramaturg so’nggi yillarda yaratgan “Kimga to’y, kimga aza” pyesasida ishchilar sinfining yangilik uchun olib bоrgan kurashi asosiy mavzu qilib olingan.Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi” unvoni berilgan(1955).
Nazir Safarov
bir qancha hikoyalar
ham yozgan. “Oltinoy”, “Olma
olmadan uzoqqa tushmaydi”,
“Ahmadali o’z baxtini
qanday topdi” hikoyalari
g’oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi
bilan ajraladi. Uning “Bir
tomchi qon” (1967), “Ko’rgan-kechirganlarim”
(1968) nomli qissalari, “Navro’z” (1973) romani
60-yillar adabiyotida sezilarli
voqea bo’lgan.
“Ko’rgan-kechirganlarim” asari
uchun muallifga Hamza
nomidagi respublika Davlat
mukofoti berilgan (1968).
U 1975
yilda 70 yoshga to’lishi
munosabati bilan “O’zbekiston
xalq yozuvchisi” unvoniga
muyassar bo’lgan.
Nazir Safarov
1985 yilda 80 yoshida
vafot etgan.