SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Rus yozuvchisi Sergey Borodin tavallud topgan kun
1902-08-25

Rus yozuvchisi Sergey Borodin Petrovich 1902-yil 25-avgustda Moskvada tavallud topgan. Yozuvchi 1941-yilgacha Amir Sargijon taxallusi bilan ijod qilgan. 1926-yil V.Y.Bryusov nomidagi adabiyot insititutini tugatib, xalq og’zaki ijodi bilan shug’illangan. 1923-1926-yillar Buxoro, Samarqandga uyishtirilgan folklor-etnografiya ekspeditsiyalarida qatnashgach, 1950-yildan Toshkentda. Uning 1931-yil “So’nggi Buxoro”, 1932-yil “Misrlik” romanlari va 1934-yil “Usta qushchi” hikoyalari to’plami O’rta Osiyo xalqlari hayotiga bag’ishlangan. 1953-1973-yillar “Samarqand osmonidagi yulduzlar” turkumidagi asarlarida ham O’rta Osiyo xalqlarinig 14-asr oxiri 15-asr boshlaridagi hayoti aks etirilgan. Biroq ularda ba’zi tarixiy shahslar obrazi soxtalashtirilib, bir yoqlamalikka  yo’l qo’yilgan. Tarix roman – 1941-yil “Dmitriy Donskoy” muallifi. Sergeyning ayrim asarlari o’zbek tilida nashr etilgan. Yozuvchi 1968-yilda O’zbekiston Davlat mukofoti laureati bo’lgan. U 1974-yil 22-iyulda Toshkentda vafot etdi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan