SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121415161718
19202122232425
262728293031 
Steynbek Jon Ernst tavallud topgan kun
1902-02-27

Steynbek Jon Ernst- 1902  yil  27 fevralda Kaliforniya  shtati, Salinas shahrida  tug’ilgan. Amerika  yozuvchisi. Ilk  romani  - “Oltin  kosa” (1929). “Tortil-Flet kvartali” (1935) romani  epizodlardan  iborat  bo’lib, unda  materializmning  gumanizmga  salbiy  ta’sirini ko’rsatishga  harakat  qilgan.”Va  jangni  boy  berdilar” (1936) romani  hamda  “Sichqonlar va  odamlar  haqida” (1937) qissasi  bilan tanilgan. “Nafrat  uchquni” (1939) romani  amerika  adabiyotining  mumtoz  na’munasi  hisoblanadi. “G’azab shingillari” (1939), “Konservalar  rastasi’ (1945), “Adashgan  avtobus” (1947), “Jannatdan  sharqda” (1954), “Xavotirli  qish” (1961) romani, “Amerikani izlash  yo’lida  Charli  bilan  sayohat” (1962) ocherklar  kitobi  va boshqa ko’plab asarlar  muallifi. “Haybatli  tog’lar” hikoyalar  to’plami  o’zbek  tiliga  tarjima  qilingan (1963). Nobel  mukofoti  laureati (1962).Jon  Ernst  Steynbek 1968  yil 20 dekabrda  Nyu Yorkda  vafot  etgan.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan