SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Rus kimyogari Aleksandr Butlerov Mixaylovich tavallud topgan kun
1825-08-25

Rus kimyogari Aleksandr Butlerov Mixaylovich 1828 yil 25 avgust kuni Chistopol shahrida dunyoga kelgan.N.N. Zininning shogirdi. 1849 yil Qozon unversitetini bitirgan. 1869 yildan Peterburg unversitetining professori, 1874 yildan Peterburg FA ordinator akademigi bo’lgan.Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazriyasi asoschisi. Bu nazariyaga ko’ra organik moddalarning xossalari molekulalardagi atomlar bog’lari tartibi, tuzilishi hamda ularning o’zaro ta’siriga muvofiq aniqlanadi. 1864 yilda birinchi bo’lib izomeriya hodisasini tushuntirib bergan. Izobutilen polimerizatsiyasini kashf etgan. 1864 yil uchlamchi butil spirt, 1866 yil izobutan va 1867 yil izobutilenlarni sintez qilib, ularning tuzilishini aniqlagan. Bog’dorchilik, asalarichilik, Kavkazdagi choy yetishtirish bilan ham shug’ullangan. Kimyogar 1886 yil 5 avgust kuni Butlerovka qishlog’i, hozirgi Tatariston Respublikasida vafot etadi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan