SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121314
16171819202122
23242526272829
3031     
Buyuk shoir, tarixchi, geograf Zahiriddin Muxammad Bobur tavallud topgan kun
1483-02-14

Zahiriddin Muxammad  Boburning hayoti va ijodi.

 

Bobur (taxallusi;to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon – 1530.26.12,Agra) – o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir: tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.

Uning otasi - Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyatining hokimi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo‘lgan.

Boburning bolaligi asosan Andijon va uning atroflarida o‘tdi. Bobur saroy muhitida o‘qidi va tarbiya topdi. Yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshladi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur”(Sher) laqabini olgan. Otasi vafotidan keyin 1494 yil iyun oyida, o‘n ikki yoshda taxtga o‘tirdi. Boburning siyosiy faoliyatidagi dastlabki maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti strategik va geografik jihatidan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Temur imperiyasini qayta tiklash edi. 1495-1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qildi. 1497-1498 yillarda u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va Samarqandni egallaydi. Samarqand hokimi Boysung‘ur Mirzo esa Qunduzga qochadi.

Bobur Samarqandni yuz kun idora qiladi. Andijonda unga qarshi isyon ko‘targani uchun Samarqandni tashlab Andijonga qaytadi, lekin uni egallay olmagach, Xo‘jandga, so‘ng Toshkent hokimi Sulton Mahmud oldiga borib, ular yordami bilan Andijonni oladi. 1500 yilda Samarqandni ikkinchi marta egallaydi. Shu yili  Alisher Navoiy bilan xat yozisha boshlaydi. Lekin ikkinchi xatiga javob kelguncha Samarqand shayboniylar qo‘liga o‘tib ketadi. Bu davrda  mamlakat siyosiy hayotida beboshlik, o‘zaro urushlar kuchayib bormoqda edi. Bir tomondan, shimoldan, Dashti qipchoqdan kelayotgan shayboniyxon qo‘shinlarining tazyiqi ostida, ikkinchi tomondan, temuriylar orasidagi  ixtilof, o‘zaro kelishmovchilik natijasida  Bobur Farg‘onani ham tashlab chiqishga va janubga qarab yo‘l olishga majbur bo‘ladi.

          Hisordagi parchalanib borayotgan beklar, alohida-alohida yashayotgan afg‘on qabilalari birin-ketin Bobur tomoniga o‘tdilar.1504 yilda esa Qobul viloyatining hokimi shaharni Boburga topshirib taslim bo‘ldi. Lekin Bobur o‘z  vatanidan tamom umidini uzmadi. 1506 yilda Xuroson podshosi Husayin Bayqaro temuriylarga mansub bo‘lgan kuchlarni birlashtirib, bosib kelayotgan Shayboniyxonga qaqshatqich zarba berishda tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsada, lekin Husayin Bayqaroning vafoti (1506) va shahzodalar o‘rtasida avj olgan ixtilof bu harakatni natijasiz qoldirdi.Bu katta tadbirga umid bog‘lagan Bobur muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin vaqtincha chekinishga va Qobulga qaytishga majbur bo‘ldi.

O‘z hujumlarini davom ettirgan Shayboniyxon O‘rta Osiyoni bosib olish uchun janubdan harbiy yurish boshlagan Eronlik shoh Ismoil qo‘shinlariga qarshi kurashda Marv shahrida halok bo‘ldi. Qulay siyosiy va harbiy vaziyatdan foydalanib Bobur 1512 yilda Samarqandni uchinchi marta ishg‘ol qildi. Oradan olti oylar chamasi vaqt o‘tgandan  so‘ng, Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon katta kuch to‘plab, Samarqandga, Bobur ustiga yurish boshladi.Ubaydullaxon  qo‘shinlari bilan Bobur askarlari o‘rtasida Samarqand uchun bo‘lgan jangda Bobur mag‘lubiyatga uchrab, shaharni bo‘shatishga majbur bo‘ladi.

1525 yilda Bobur Shimoliy Hindiston hukmronligini o‘z qo‘liga kiritishga muvaffaq bo‘ladi va shu paytdan boshlab Hindiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoladi. U yerda Bobur o‘z atrofiga o‘sha davrning eng yaxshi shoir va olimlarini yig‘ib, qurilish ishlarini olib boradi, o‘zining sevimli ishi bo‘lgan adabiyot bilan shug‘ullanadi.

Boburning ma'rifatparvarligi ham diqqatga sazovor. U doim olim va fozillar, san'atkor kishilar bilan birga bo‘lishga, ular bilan maslahat qilishga, o‘z bilimini tinmay oshirishga intildi. Uning to‘rt o‘g‘li (Humoyun, Kamron, Askariy, Hindol) va uch qizi (Gulchehra, Gulrang, Gulbadan) bo‘lib,ularga ham o‘zining shu hususiyatlarini singdirishga harakat qilgan. Bobur davlatni boshqarishda ham ana shu tarzda maslahat, kengash bilan ish tutish lozimligini uqtirdi. Farzandlaridan Xumoyun, Kamron va Gulbadanbegim shoir va adib bo‘lib yetishdilar. Bobur uchun Vatandan uzoqda, g‘urbatda yashash nihoyatda og‘ir edi. Buning ustiga uzoq vaqt sarson-sargardonlikni boshidan kechirish, dushmanlariga qarshi uzluksiz kurash olib borish uning sog‘lig‘iga ta'sir qilgan edi. “Boburnoma”da o‘zining og‘ir ahvoli, sog‘lig‘i yomonlashib borayotganligi haqida quyidagi ruboiyni yozadi.

 

Jismimga isitma kuda mahkam bo‘ladur.

Ko‘zdin o‘chadur uyqu chu axshom bo‘ladur.

Har ikkalasmig‘anmi bila satrimdek,

Borg‘on sayin bu ortadur,ulkum bo‘ladur.

     

Bobur Hindistonda besh yil hukm surgandan so‘ng 1530 yilda Agrada o‘zi obod qilgan “Zarafshon” chorbog‘ida vafot etadi. Keyinroq boburiylardan Shohjahon (Boburning chevarasi) hukmronligi davrida uning xoki Qobulda yasalgan maqbaraga ko‘chirildi.

        Bobur Mirzo o‘zi podsho bo‘lgani uchun hech kimga tobe emas edi, ijod jarayonida o‘zini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi. O‘sha davrning ko‘pgina  saroy shoirlarida bo‘lmagan ijod erkinligi Bobur Mirzoda bor edi.

    Ingliz sharqshunosi Denison Rose Turkiston, Afg‘onistonda yozilgan she'rlarini Parij milliy kutubxonasidan, Hindistonda yozilgan she'rlarini esa Rampur kutubxonasidan topib, 1910 yilda bosma va fotonusxa holida nashr ettirgan.

       Bobur she'rlari hijron azobida kuygan dil ko‘zlaridan oqqan yosh bilan yozilgan.

       Ularda ona yurt sog‘inchida ado bo‘lgan farzandning, yor firoqida azob chekkan oshiqning, o‘z xatolarini anglab yetgan komil insonning, bobolari toj-davlatini saqlab qololmagan hoqonning alamlari ifodalangan.     

       

        Hijron qafasida jon qushi dom qiladur,

        G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.

        Ne nav bitay firoqu g‘urbat sharhin,

        Ko‘z yoshi namaning yuzin nam qiladur.

 

Bobur o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shdi.

         O‘zbek tili tarixini o‘rganishda “Boburnoma” bebaho xazinadir. “Boburnoma” XV - XVI - asrning muhim voqyealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.

         “Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asarlardan bo‘lib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan.

 “Boburnoma” jahon adabiyotining nodir, durdona asarlaridan  hisoblanadi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan