SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Xonanda va sozanda Mamadaliev Fattohxon tavallud topgan kun
1923-08-25

 Mamadaliev Fattohxon 1923 yil 25 avgustda Baliqchi tumanida tavallud topgan. Xonanda, sozanda, va bastakor. O’zbekliston xalq hofizi. 1960 yilda Andijon Pedogogika institutini tugatgan. Ashula, katta ashula va maqom yo’llarini Umrzoq  Polvon Saydali, usta Ro’zimatxon Isaboev, B.Fayziyev, Abdulla Taraz, shuningdek, J.Sultonov va Y.Rajabiylardan o’rgangan. Andijon viloyati turli teatrlarda sozanda-xonanda,  Andijon shahridagi 2-madaniyat uyi maqomchilar ansamblining tashkilotchisi va badiiy rahbari bo’lgan. O’zbek davlat filarmoniyasi xonandasi, Toshkent konservatoriyasi o’qituvchisi bo’lgan. Ovozi tiniq, shirali va dardli, ovoz ko’lami va nafasi keng. Ijrosiga kuy bilan she’r uzviyligi, ovoz va cholg’u imkoniyatlarini mohirlik bilan namoyon etilishi xosdir. Repertuaridan Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari, Shoshmaqom sho’balari, ashula, katta ashula, yalla, o’zbek mumtoz ashula va cholg’u turkumlari, bastakorlar asarlari o’rin olgan. O’zbek mumtoz va zamonaviy shoirlar  g’azallari zaminida 50 dan ortiq ashulalar yaratgan. 1992 yilda “Mehnat shuhrati”, 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan. 5 qismli “Savti Fattohxon” ashula turkumini bastalagan, “Qadimgi Ushshoq”, “Umrzoq Polvon Ushshoqi”, “Zikri Ushshog’i” maqom yo’llarini tiklagan.

 Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan