SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
O’zbekiston xalq artisti, pedagog, baletmaster Vera Gubskaya Nikolayevna tavallud topgan kun
1906-08-26

O’zbekiston xalq artisti, pedagog, baletmaster Vera Gubskaya Nikolayevna 1906-yil 26-avgust kuni Kerchda tavallud topadi. 1930-1935-yillar Toshkent rus opera va balet teatrida balet artisti. 1939-1942-yillar Navoiy teatrida baletmaster va pedagog. 1943-1948-yillar Muqimiy, Toshsovet nomidagi va Yangiyo’l teatrlarida bosh baletmaster. 1935-1941-yillar Tamaraxonim nomidagi Respublika balet maktabida o’qituvchilik qilgan. Vera inson fe’l-atvori, his-tuyg’usi va fikrlarini mumtoz raqs harakatlari orqali ishonarli tasvirlay olgan. Eng yaxshi partiyalari: Raymonda (“Raymonda”), Kitri (“Don Kixot”), Zarema (“Boqchasaroy favvorasi”), Odetta – Odiliya (“Oqqush ko’li”) va boshqalar o’zbek va mumtoz raqs shakllarini uyg’unlashtiradigan “Bahor”, “Quvonch”, “Paxta” va boshqa xoreografik miniaturalarni, shuningdek, “Gulandom” (Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, I. Arbatov bilan hamkorlikda), “Uyqudagi go’zal”, “Baxt sohili” baletlarini, 20 dan ortiq musiqiy-dramatik spektakllar raqsini sahnaga qo’ygan. Vera Gubsksya 1953-yil 19-oktabr kuni Toshkentda vafot etdi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan