SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
1960 yil-ispan va amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser va qo‘shiqchi Antonio Banderas tavallud topdi
1960-08-10

Antonio Banderas 1960 yil 10 -avgustda Ispaniyaning Malaga shahrida tug’ilgan. Uning to‘liq ismi - Xose Antonio Dominges Banderas. Onasi Anna maktab o‘qituvchisi, otasi Xose esa Ispaniya gvardiyasida xizmat qilgan. Oilada yana bitta bola bor edi - kenja o‘g’li Fransisko Xaver.

Antonio Banderas - jahon yulduzi. Ispaniyada aktyorlik faoliyatini boshlagan aktyor keyinchalik Gollivudga ko'chib o'tdi va u yerda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, kelib chiqishi bilan faxrlangan holda u vatanida ham ishlashdan to‘xtamagan. Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar sirasiga: “Umidsiz”, “Matador”, “Mambo shohlari”, “Zorro” va boshqalarni kiritish mumkin.

Aktyorlik karerasidan tashqari, Banderas doimiy ravishda topgan pulini turli loyihalarga sarmoya kiritadi: vinochilikdan moda sanoatigacha. U Ispaniyada uzumzorlarga ega va u yerda ishlab chiqarilgan sharob aktyor nomi bilan qisman chiqariladi.

Banderas bir necha marotaba “Viceroy” va “Orbit”  kabi jahon brendlarining yuzi sifatida ishlagan. Shuningdek, u “Puig” kompaniyasi yordamida o‘z atirini ishlab chiqargan. O‘shandan beri Antonio Banderas brendi mashhurligini yo‘qotmadi va doimiy ravishda erkaklar va ayollar uchun yangi mahsulotlarni taqdim etmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan