SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Jahon dengiz kuni
1978-09-30

Butunjahon dengiz kuni - Birlashgan Millatlar tizimidagi xalqaro bayramlardan biri. Bu kun 1978 yildan Xalqaro dengiz tashkiloti Assambleyasining 10 -sessiyasi qarori bilan nishonlanadi. 1980 yilgacha u 17 martda nishonlanar edi, keyin uning sanasini sentyab haftasining oxirgi kunlaridan biriga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Butunjahon dengiz kunining maqsadi keng ommani- baliq ovlash, suv havzalarining ifloslanishi va global isish oqibatida dengiz va okeanlarning tuzatib bo‘lmaydigan shikastlanishiga shuningdek, dengizlarning biologik, tabiiy resurslarini kelajak avlodlar uchun saqlashga e’tiborni qaratishdan iborat.

Dengiz transportining ekologik xavfsizligini yaxshilash, dengiz muhitining, xususan, neftdan ifloslanishining oldini olish, biologik resurslarni saqlash va brakonerlikka qarshi kurash eng muhim vazifalardir.

Katta suv havzalariga tashlangan sintetik chiqindilar yiliga bir million dengiz qushlari va 100 ming dengiz sutemizuvchilarining o‘limiga sabab bo‘ladi. Global isish tufayli so‘nggi 100 yil ichida sayyoramizning yirik suv omborlarida suv sathi 10-25 santimetrga ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, yuklarni dengiz orqali tashish, xalqaro yuk tashishning eng samarali va iqtisodiy usuli sifatida, dengiz va okeanlarning ekotizimlarini ham buzadi. Zero, jahon savdosining 80 foizi dengiz transporti orqali amalga oshiriladi. Shu bois, xavfsiz va samarali xalqaro yuk tashishni rivojlantirish “yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohasidagi kelajakdagi loyihalarning kalitidir.

Shuning uchun har yili malum bir dolzarb ekologik mavzuga bagishlangan Butunjahon dengiz kunining o'tkazilishi dunyoning turli mamlakatlarida turli xil ekologik va marifiy tadbirlar, ekologik aksiyalar va mitinglar bilan birga otkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan