
Ozarbayjonda va ozarbayjon diasporalari yashaydigan
boshqa mamlakatlarda har yili 31 dekabr butun dunyo ozarbayjonlarining
birdamlik kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram birinchi marta 1991 yil 16
dekabrda Haydar Aliyev tomonidan e’lon qilingan. Bayramning rasmiy kuni 31
dekabr edi.
Aynan 1989 yil 31 dekabrda Naxichevan Avtonom Respublikasi
hududida mintaqa aholisi rus-eron chegarasini vayron qildi va bir necha o‘n
yilliklarda birinchi marta Eronda yashovchi vatandoshlari bilan birlasha oldi.
Shu kuni Istanbulda Jahon ozarbayjonlarining birinchi qurultoyi ochildi. Ushbu
ikki unutilmas sana 31 dekabrni ozarbayjonlar birdamlik bayrami deb e’lon
qilinishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu bayramning asosiy g‘oyasi butun dunyodagi ozarbayjonlarning
birligi va birdamligi, milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat, shuningdek,
tarixiy vatanga daxldorlik tuyg’usidir, chunki taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra,
ozarbayjonlarning aksariyati tashqarida yashaydi. Eron hududida 30 milliondan
ortiq Ozarbayjonlik istiqomat qiladi, bu Ozarbayjonning o‘zida yashaydigan aholidan
bir necha baravar ko'pligini bildiradi shuning uchun ham Birdamlik kuni uzoq
masofalarga qaramay, ozarbayjon xalqi uchun birdamligi ramzi sifatida muhimdir.