
3 aprel -Geologlar kuni (har yili aprel oyinini birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
O‘zbekistonda aprel oyining birinchi yakshanbasi Geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Bu haqdagi tegishli qonun 2018-yil dekabr oyida qabul qilingan.
Har bir davlatning taraqqiyot darajasi ko‘p jihatdan uning zaminidagi qazilma boyliklarga bog‘liq. Bu boyliklarni izlab topish va iqtisodiyot tarmoqlariga foydalanishga topshirish vazifasi esa geologlar zimmasiga tushadi.
Ushbu sharafli vazifani bajarish uchun soha mutaxassis-geologlari foydali qazilmalar konlarini zamonaviy uslublar, texnika va texnologiyalarni qo‘llagan holda izlab topish, baholash, ularning zaxiralarini xisob-kitob qilib davlat balansiga kiritish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, dunyo geologiya fani va amaliyotining yutuqlaridan xar tomonlama xabardor bo‘lishlari zarur. Bu borada mutaxassis-geologlarning malakasini muntazam oshirib borish muhim axamiyatga ega.
Xuddi shu
maqsadlarni amalga oshirish uchun 2015-yili Vazirlar Mahkamasi qarori bilan
Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti
tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda 37 yo‘nalish bo‘yicha geologlar va
muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish kurslari, 18 ta mutaxassislik
bo‘yicha geologiya sohasi uchun zarur bo‘lgan ishchi kadrlarni qayta tayyorlash
kurslari faoliyat ko‘rsatayapti.