Venger kompozitori Koday Zoltan tavallud topgan kun
1882-12-16

Koday
(Kodaly) zoltan (1882.16.12),Kechkemet-1967.6.3,
Budapesht) Venger kompozitori, Musiqiy Folklorshunos, pedagog, musiqa jamoat
arbobi; zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Vengriya Fanlar Akademiyasi akademigi (1945), prizdidenti (1946-1949),
Vengriya musiqa arboblari uyushmasi prizdidenti (1949 yildan), YUNESKO qoshidagi
xalq musiqasi xalqaro kengnashi (IFMC, 1963 yildan) hamda musiqiy tarbiya xalqaro
jamiyati (ISME, 1964 yildan) prizdidenti. Budapesht musiqa akademiyasida prof.
(1908-1940). 1905-1925 yilari Vengriya qishloqlariga ekspeditsiyalar
uyushtirib, 3500 ga yaqin venger xalq qo’shiq va raqs kuylari (shu jumladan, qad.dehqon
fol'klori hamda shahar qo’shiqlari)ni yozib olgan. Xalq musiqa to’plamlari,
ularga doir tadqiqotlar nashr ettirgan. Ijodida milliy kuylar va usullarni
zamonaviy musiqa ifoda vositalari bilan uzviy bog’langan. “Xari Yanosh” operasi
(1926), “Venger pslomi” kantasi (1923), simfonik, xor, kamar musiqa asarlari,
maktab o’quvchilari uchun qayta ishlangan xalq qo’shiqlari hamda ashula
darsliklari mualifi. Koshut nomidagi Vengriya Davlat mukofati sovrindori (1948,
1952, 1957). Kamera va simfonik asarlari, qayta ishlangan xalq қo’shiqlari
O’zbekistonda ham ijro etiladi.
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan Dilshoda The Tale of Tsar Saltan The Golden Cockerel Five little bears (Music)