SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
28 dekabr-"Kelajak bunyodkori" medali ta`sis etilgan kun.
2017-12-28

28 dekabr-"Kelajak bunyodkori" medali ta`sis etilgan kun.   2017-yil 28 dekabr.

 

1. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek oʻqishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

2. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

 

3. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

4. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi va qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.

5. „Kelajak bunyodkori“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

6. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning oilasiga topshiriladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan