SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4578910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Taniqli opera artisti va xonanda Sattor Yarashev tavallud topgan kun
1915-02-26

Sattor  Yarashev

(1915-1991)

Taniqli  opera  artisti  va  xonanda  Sattor  Yarashev  1915  yil  26 fevralda   Buxoro  viloyatining  Vobkent  qishlog’ida  tavallud  topdi. 1952 yilda  Moskva  O’zbek  opera  studiyasini, 1972 yilda  esa  Toshkent  davlat  konservatoriyasi (hozirda  O’zbekiston  Davlat  konservatoriyasi)ni  tugatdi.

Ijodiy  faoliyatini  1937  yili  Vobkent  tumani  kolxoz-sovxoz  teatrida  boshlagan  san’atkor  keyingi  yillarda  Buxoro  viloyat  teatri (1940-1943), Yangiyo’l  musiqali  drama  va  komediya  teatri (1943-45) larda mehnat  qildi. Bu  davrda  barkamol  artist Tohir (Tohir  va  Zuhra), Muqanna (“Muqanna”), Farhod (“Farhod  va  Shirin”)  va  boshqa  spektakllarda  bosh  rollarni  muvaffaqiyat  bilan  o’ynadi.

S.Yarashev  opera  ijrochiligini  xalq  ashulachilik  uslublari  bilan  uyg’unlashtira  olgan  san’atkor  edi. Bu  uslub  u  ijro  etgan  Qays(T.Sodiqov, R.Glier, “Layli  va  Majnun”), Cho’pon ( S.Yudakov, “Maysaraning  ishi”), Moniy (M.Ashrafiy, “Dilorom”), Furqat (I.Sulton, M.Ashrafiy, “Shoir  qalbi”), Yo’lchi (R.Hamroyev ,”Zulmatdan  ziyo”) va boshqalarda  ko’zga  tashlandi.

S.Yarashev   mohir  xonanda  ham  edi. Uning  konsert  dasturida  maqom  yo’llaridagi  “Ushshoq”, “Dugoh”, Segoh”, Feruz”,”Ey, sabo”, o’zbek  xalq  qo’shiqlaridan  “O’ynasin”, “Qalb  otashi”, “Markaziy  Farg’onaga”, “Ayrilib” kabi  taronalar  mustahkam  o’rin  olgan  edi. S.Yarashevning  ijodiy  mehnati  munosib  taqdirlandi. 1959  yilda  unga  “O’zbekiston  xalq  artisti” faxriy  unvoni  berildi. Orden  va  medallar  bilan  taqdirlandi.

S.Yarashev  1991  yilda  Toshkentda  vafot  etdi.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan