
30 aprel-O`zbekistonning Yevropa tiklanish va
taraqqiyot bankiga a`zo bo`lgan kun (1992).
Yevropa
Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European Bank for Reconstruction and
Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo
mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi
xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu
mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi.
Shtab-kvartirasi Londonda. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor
iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan
islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan
chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; islab chiqarish, xizmat koʻrsatish va
moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini
shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon
iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va
oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish
masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish
sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank
resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki
xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga
yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda
moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi.
Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo
boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan
Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil
10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi
Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy
garov shartlarini bekor qildi.
Yevropa
Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank
infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish,
kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini
shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil
sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat
yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash
zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini
taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro
aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar
sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun
kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot
Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15
loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi
ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va
Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni
rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi.
Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati
bilan boshqa tijorat banklariga berilgan.