SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Olim va yozuvchi Elsuy Chutsay tavallud topgan kun
1189-08-03

Xitoydagi Yuan (mog’ul) sulolasining davlat va harbiy arbobi, olim va yozuvchi Yuan Chutsay 1189-yil 3-avgustda tavallud topadi. Kidonlarning Lyao saltanati hukmdorlari avlodidan bo’ladi. 1214-yil chjurchjenlarning Szin davlati hokimlari tomonidan Pekin shahri noibligiga tayinlangan. 1215-yil Mog’ullar tomonidan Pekin bosib olingandan keyin Chingizxonning xizmatiga o’tgan. 1219-yil Markaziy Osiyoga va 1224-yil Hindistonga qilingan bosqinchilik yurishlarida Chingizxonga hamroh bo’lgan. Chingizxon vafotidan so’ng mo’g’ul xonlaridan O’qtoyxon va Xubilayning eng yaqin maslahatchisi bo’lgan. Mo’g'ullar bosib olgan yerlarda turli xil soliq, to’lovlar tizimini joriy etishda katta rol o’ynagan. “G’arbga qilingan sayohat xotiralari” asarida safar taassurotlarini bayon etgan. Asar mog’ullar bosqini davrida Movarounnahr haqida ko’plab tarixiy, geografik, etnografik ma’lumotlarga boydir. Yozuvchi 1243-yil 2-iyun kuni vafot etadi.

 Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.Toshkent.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan