3-iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy tumani tashkil topgan kun
1927-07-3

Beruniy tumani O‘zbekiston
Respublikasining shimoli-g‘arbida, Amudaryoning o‘ng sohilida, Beruniy
tumani shimoli-sharqda Ellikqal’a tumani, g‘arbda Amudaryo tumani,
shimoli-g‘arbda Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari va janubda Xorazm viloyati
va janubi-sharqda Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,94
ming km.kv. Beruniy tumanida 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul
fuqarolari yig‘ini (Beruniy, Biybozor, Do‘stlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy,
Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqal'a) bor. Markazi-Beruniy shahri. Tabiati. Beruniy
tunaning shimolida Qizilqum cho‘li, g‘arbida Baday to‘qayzori va Sulton Uvays
tog‘i bor. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi -15°, -20°, iyulniki 28°. Yiliga
100-200 mm yog‘in tushadi. Vegetasiya davri 200-220 kun. Tuman janubidan
Amudaryo oqib o‘tadi. Tumanda Oqchako‘l, Amirobod ko‘llari bor. Paxtaarna
kanalining davomi bo‘lgan Bo‘zyop kanali mavjud. Amudaryodan Qozoqyop, Beshtom,
Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan
ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman-Beshtom nasos stansiyasi ishlab turibdi.
Tuproqlari sho‘rxok, qumloq, bo‘z tuproq. Chiyabo‘ri, bo‘rsiq, qobon, quyon,
toshbaqa, parrandalardan qirg‘ovul va boshqalari yashaydi. Tuman hududida
Badayto‘qay davlat qo‘riqxonasi joylashgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar;
qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
1 km.kv.ga 27,5 kishi to‘g‘ri keladi. Xo‘jaligi. Beruniy tumani iqtisodiyoti
negizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom
ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog‘ zavodlari,
temir-beton, g‘isht va asfalt zavodlari bor. Chorvachilik, ipakchilik,
bog‘dorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27
kooperativ korxona, 15 aksiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona
mavjud. Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, "Temur” xususiy
korxonasi, 28-avtokorxona, “Yog‘gar”
aksiyadorlik jamiyati va boshqalari. Qishloq xo’jaligida
sug‘oriladigan yerlar 31,5 mingga, shu jumladan 15,2 mingga yerga paxta, 0,8 mingga
yerga sabzavot, 3,0 mingga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajo‘xori, 1,0
mingga yerga sholi ekiladi. Beruniy tumanida 2 jamoa xo‘jaligi, 11
dehqon-fermer xo‘jaligi uyushmasi, 27 kooperativ xo‘jaligi, 200 ga yaqin fermer
xo‘jaligi, 2 ijara xo‘jaligi, 1 xo‘jalik hisobidagi uchastka bor. Tuman
transportida To‘rtko‘l-Nukus avtomobil yo‘li asosiy rol o‘ynaydi. Amudaryoda
kemada yuk tashish ham salmoqli o‘rin tutadi.
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Zamonaviy pitsa Neapolda ixtiro qilingani haqida bilasizmi? Dengiz otchalari haqida bilasizmi? Samalyot haqida bilsizmi? Samalyot haqida bilsizmi? Kitsimonlar oilasi haqida bilasizmi?