SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablari asoschisi Azimov Sodiq Azimovich tavallud topgan kun
1914-11-07

(1914.7.11Toshkent 1988.21.12) fizik olim, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, (1962), O'zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964). fizika-matematika fanlari (1955),  professor (1958). O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1940). O'rta Osiyo politexiika institutida ishlagan (1940-45). O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti labaratoriya mudiri (1948-56), direktor o’rinbosari (1956-58), direktori (1958-62; 1966-48), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori ( 1962-66), “Fizika – Quyosh” IIChB bosh direktori (1986-48). O'zbekiston yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimo'tkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri, Azimov o'zi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida m-mezonlarga dahlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi (1948). Pomir tog'i tepasidagi stansiyada (dengiz sathidan 3900 m baland) Azimov o'z xodimlari bilan birgalikda kosmik nurlar va yadrolarning o'zaro ta'sirini o'rganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektron-yadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi. Azimov elektron-Yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq etgan. U o’ta yuqori energiyali   yadro jarayonlari o'rganiladigan tog' stansiyasi qurilishini tashkil etdi. Azimov rahbarligida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi fizika-texnika institutida quyosh nuri energiyasidan foylalanish usuli asosida o'ta sof yarimo'tkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987 yilda Parkent tumanida I megavatt quvvatga ega konsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi.  Azimov yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi. U 14 fan doktori va 70 dan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham "Fizika-Quyosh" IIChB da, O'zbekiston FA Yadro fizikasi institutida va O'zbekiston milliy universitetida xalqaro darajadagi ilmiy va amaliy tzdqiqotlarni faol davom ettirmoqdalar. Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureate (1970). “Fizika—Quyosh” IIChB ga va Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanidagi ko'cha va maktabga uning nomi berilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan