Hoshimjon Olimjonov (1940.3.5, - 2017.31.05
Andijon viloyati, Qoratepa qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artista (1987). 1961-yildan Andijon teatrida aktyor,
rejissyor yordamchisi. "Oq nilufar" spektaklidagi Ariyaka uning
teatrdagi birinchi rolidir. U sahna sirlarini Abbos Bakirovdan oʻrgangan.
Qoraxoʻja ("Nodira"), Hoji ("Nurxon"), Qosimbek
("Bobur"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Xudoyorxon
("Mexrobdan chayon"), Ezop ("Ezop"), Gloster ("Qirol
Lir"), Qirol Eduard ("Richard III"), Mafiya boshligʻi
("Qotil kim?"), Boboxon ("Tohir va Zuhra"), Shohjahon
("Zebun-niso"), Sulaymon baʼzoz ("Choʻlpon") kabi rollar
ijro etgan. O. bir kancha filmlar ("Saraton", "Qullar" va
boshqalar) va videofilmlar ("Mehrobdan chayon" va boshqalar)da ham
suratga tushgan. OLIMOV Sayfi (1901.18.2 - Toshkent — 1984.14.7) — aktyor.,
rejissyor, oʻzbek teatri tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekiston xalq
artisti (1950). Sahnafa-oliyatini 1918-yil Toshkent eski shahar xalq
maorifi boʻlimi qoshidagi "El-tuzar" yarim professional truppada
boshlagan. 1919-yil M. Uygʻur rahbarligidagi teatr truppasiga qabul qilingan.
1925—27 yillar Boku teatr texnikumida oʻqigan. 1927—84 yillar Hamza teatrida aktyor,
1931—32 yillar Ishchi-yoshlar teatrida, 1935—37 yillar Xorazm teatrida, 1937—40
yillar kolxoz—s-z teatrida rejissyor O. improvizatsiya sanʼa-tiga boy,
hozirjavob, harakterli rollar ustasi, aktyorlik sanʼatining yirik namoyandasi
sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari milliy boʻyoqlarga boy va hayotiyligi,
ifoda vositalarining aniqligi, sahna texnikasining mukammalligi bilan
qimmatlidir. Tabib ("Turkiston tabibi"), Maqmudxon, Qodirqul
mingboshi (Hamza, "Zaharli hayot", "Boy ila xizmatchi"),
Miller (F. Shiller, "Makr va muhab-bat"), Sultonbek (U. Hojibekov,
"Arshin mol olon"), Ismoil (K. Gotssi, "Malikai Turandot"),
Poloniy (U. Shekspir, "Hamlet"), Jomiy (I. Sulton, Uygʻun,
"Alisher Navoiy"), Sanjarov ("Imon") kabi yuzdan ortiq
rollar ijro etgan. Rej. sifatida "Paxta shumgʻiyalari",
"Rustam" (U. Ismoilov), "Yondiramiz" (Komil Yashin),
"Uylanish" (N. Gogol) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda
(Zargar, "Nasriddinning sarguzashtlari"; Tarixchi, "Amirlikning
yemirilishi"; Munajjim, "Ulugʻbek yulduzi" va boshqalar) ham
rangbarang obrazlar yaratgan.