
Muxtor Umarxonovich
Avezov (1897.28.09, Sharqiy Qozogʻiston (sobiq
Semipalatinsk) viloyati Abay tumani – 1961.27.06, Moskva) – qozoq yozuvchisi,
olim. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasiakad. (1946),
filol. fanlari doktori (1952), Kozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi
(1957). Semipalatinskdagi madrasada hamda oʻsha yerdagi 5 sinfli rus makta-bida
oʻqigan, soʻng oʻqituvchilar semi-nariya-sini tamomlagan (1917). Abay ovulida
sahnalashtirilgan (1917) "Yenglik – Ke-bek" intermediyasi bilan qozoq
dramatur-giyasiga asos soldi. Toʻngʻich qozoq teatri (hozirgi Avezov nomida) –
Qozogʻiston davlat akademik drama teatri ham 1926-yil 13-yanvarda shu pesani
sahnalashtirib ochilgan. A.ning dramatik asarlari qozoq dramaturgiyasining
rivojlani-shiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. A. 20-yillarda Toshkentda yashadi
va Oʻrta Osiyo davlat universiteti aspiranturasida oʻqidi (1928). Mashhur
oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy romanlaridan kuchli ilhomlandi. 1920–30
yillarda Toshkentdagi qozoq nashriyotida adabiy-badiiy, ijtimo-iy-siyosiy
"Choʻlpon" jurnali bilan bir necha adabiy toʻplam nashr etilgan. A.
1922–23 yillarda Toshkentdalik vaqtida "Kundoshlar" pesasi,
hikoyalari, "Asov tulporlar haqida" (1922), "Qozoq
qalamkashlariga ochiq xat" (1922) maqolalari shu jurnalda bosildi. A.ning
"Abay", "Abay yoʻli" epopeyasi qozoq xalqi hayotiga
bagʻishlangan boʻlib, u oʻz davrida yuksak bahoga sazovor boʻldi. Asarda qozoq
xalqining 19-asrdagi ogʻir, ziddiyatlarga toʻla hayoti badiiy aks et-tirilgan.
Oʻsha davrdagi qozoq dashtini qamrab olgan nodonlik va johillik toʻsiqlarini
yenggan Abayning oʻz xalqi asl farzandi, mutafakkir, insonparvar shoir
darajasiga koʻtarila olishi asarda mohirlik bilan tasvirlangan. "Abay
yoʻli"ni Zumrad (Orifjonova) 1950–60 yillarda oʻzbek tiliga tarjima
qilgan. U boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilindi. Janubiy Qozogʻiston
chorvadorlari hayotiga bagʻishlangan "Ravnaq" romani vafotidan soʻng
bosilib chiqdi (1962). 20-yillarda qozoq choʻllarida yuz bergan ocharchilik va
boshqa dahshatli voqealar aks ettirilgan "Ogʻir sinov" romani ham
vafotidan soʻng nashr etildi. A. ijodiy, ilmiy ishlar bilan birga, 30 yildan
ortiq (1928–61) Olmaota ped. instituti, Qozogʻiston va Moskva davlat
universitetlarida pedagoglik faoliyatini qoʻshib olib bordi. A umrining koʻp
yillarini shoʻro mafkurachilarining ogʻir tazyiqi va ta’qibi ostida oʻtkazishga
majbur boʻldi.A. turkiy xalqlar adabiyoti tarixini teran tadqiq etuvchi koʻplab
maqolalar yaratdi. Uzoq yillar davomida turkiy xalqaar ogʻzaki ijodi
namunalarini, xususan xalq dostonlarini keng targʻib qildi. "Er Targʻin", "Alpomish",
"Manas" dostonlarini tadkiq etdi.