
Rafiq Mo’min XX asr bilan egizak shoir. U 1900 yilning 7 fevralida
Namanganda g’oyat faqir
va serfarzand bir oilada
tavallud topgan. Uning otasi Mulla Mo’min
nochor hayot kechirsa ham, ammo
ma’naviy sog’lom, boy turmush kechirgan.U o’z xonadonida qishning uzoq tunlarida hammaslak
do’stlari bilan sandal atrofida navoiyxonlik, fuzuliyxonlik,
mashrabxonlik gashti bilan
ochlik, nochorlikni ham unutib yashaganlar. Tabiatan iqtidorli, sezgir bo’lgan
yosh Rafiq ana shu
g’azalxon muhitda tarbiya topdi.
Faqir bo’lsa ham, dunyoning past-balandligini anglagan ota o’g’li Rafiqning kelajagini o’ylab rus-tuzem maktabida o’qitadi.Shu bahona u Sharq mumtoz adabiyoti qatorida A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy kabi
rus adabiyoti namoyandalari ijodi bilan tanishdi. R.Mo’min o’qituvchi,
shoir va publisist, sifatida 20-30
yillardayoq G’ayratiy, H.Olimjon,
Mirtemir kabi adiblar e’tiboriga tushgan.U o’z davrida lirik she’rlar qatori, siyosiy lirika
namunalari hamda qilichdek keskir hajviy asarlari bilan mashhur bo’lgan. Uning ko’pgina hajviy
asarlari “Mushtum”, “Mashrab” jurnallarida
tez-tez bosilib turgan.Ayni chog’da o’nlab lirik she’rlarida bahor, gul, bulbul obrazlarining yorqin bir guldastasini o’z o’quvchisiga sovg’a etadi.Jumladan, “Ey
,go’zal g’uncha” ,”Gul kapalaklari”, “Yana bahor” kabi she’rlarida o’zining hayot va odamlar, tabiat
haqidagi nozik tuyg’ularini omuxta
ifodalatdi.”Ey , go’zal g’uncha” she’rida;
Hasratda yig’lama, ey go’zal g’uncha,
Yig’lasang yig’larman senga ham shuncha,-
deya
lirik qahramonning ruhiy holatiga yaxlitlik bag’ishlaydi.
U
lirik va hajviy she’rlar qatori “Ibrohim”, “Qapchig’ay”, “Qizil qiz”,
“Zanglagan pichoq”, “Bolaqo’r”, “Tiyonshon qizi” kabi ajoyib dostonlar,
“Yoriltosh”, “Ishchi bobo”, “Oydin” kabi pyesalar ham yaratdi.
U 1937
yilning 25 mayida hibsga olinib, 10 yilga surgun qilindi.10
yillik qiynoqlardan so’ng 1947 yilning
yozida o’z vataniga kirib keldi. 1951 yilning 5 mayida orttirib kelgan og’ir
kasallik tufayli vafot etdi.
Mirvaliyev
S. O’zbek adidlari .- T.,2007