SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2021
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
252627282930 
San’atshunos, arxeolog olim Pugachenkova Galina Anatolevna tavallud topgan kun
1915-02-07

Pugachenkova Galina Anatolevna (1915.7.02, Olmaota) – san’atshunos, arxeolog olim. O‘zbekiston FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi(1964). O‘rta Osiyo industrial institutini tugatgan (1937).O‘rta Osiyo universiteti tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi dotsenti (1942-1960),professor (1962). San’atshunoslik ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim (1958-60), san’at va me’morlik tarixi bo‘limi mudiri (1960-84) hamda, ayni bir paytda, O‘zbekiston san’atshunoslik ekspedisiyasi boshlig‘i va ilmiy rahbari (1959-84), O‘zbekiston FA Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari bo‘limi akademik kotibi (1984-87), 1987 yildan O‘zbekiston FA Tarix ilmiy tekshirish institutida akademik- maslahatchi. Pugachenkovaning ilmiy ishlari O‘rta Osiyo va unga yondosh O‘rta Sharq mamlakatlarining qadimiy va o‘rta asrlar badiiy va moddiy yodgorliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘rta Osiyo me’morligi va uning taraqqiyoti,o‘ziga xos xususiyatlari hamda Sharq me’morligi rivojida tutgan o‘rnini qadimiy san’at osori atiqalari va miniatyura san’atini tadqiq etgan.

Fransiyadagi Strasburg universitetining faxriy doktori (1976), Bokudagi Sharq mamlakatlari xalqaro me’morlik akademiyasi faxriy akademigi (1999). Hamza (1966) va Beruniy (1992) nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotlari laureati. “Do‘stlik” (1995) va “Buyuk xizmatlari uchun” (2002) ordenlari bilan mukofotlangan.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi T.2


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan