SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
O’zbek matbuotining asoschilaridan, jurnalist, yozuvchi Shermuhammad Mirmuhsin tavallud topgan kun
1895-08-04

Shermuhammad Mirmuhsin 1895-yil 4-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. O’zbek matbuotining asoschilaridan, jurnalist, yozuvchi. 1916-1917- yillarda Ufadagi “Oliya” madrasasida o’qigan. 1917-yil Toshkentga qaytgan. 1917-yil Fevral inqilobi munosabati bilan “Turon” ga yozgan “Tarixiy ikki voqea” maqolasi katta janjalga sabab bo’lgan.  Fuqorolar urushi boshlanib ketgach, u Sharqiy frontning 1-5 armiyalari siyosiy bo’limida jangchi-journalist sifatida xizmat qiladi. 1920-yilning boshlarida Toshkentga qaytib, dastlab “Ishtirokiyun”, so’ng “Qizil bayroq”, “Turkiston” va boshqa gazetalarda  muharrirlik qiladi. Mirmuhsining hozircha ma’lum she’rlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari  u hikoyalar, maqolalar yozgan. “Befarzand Ochildiboy” nomli birinchi o’zbek romani muallifi. Adib ilm-ma’rifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bo’lishiga astoydil ishonadi. Mirmuhsinning “Yigirmanchi asrda Turkiston boboy”, “Zindon” kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid qarashlari bayon etilgan. U inqilobning  dastlabki yillarida sho’rolarga ishongan. Ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning “yo’qsullik” rangiga bo’yalib, yanada keskinroq tus olgani, milliy-diniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani Mirmuhsin umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va ko’tarinki ruh yo’qolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi.

  Ma’lumot: O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Toshkent 2003

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan