SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Irland matematigi va mexanigi Uilam Rouan Gamilton
1805-08-04

Irland matematigi va mexanigi Uilam Rouan Gamilton 1805 yil 4 avgust kuni Dublinda dunyoga keladi. 1837 yildan Irlandiya Fanlar Akademiyasi prezidenti, 1827 yildan Dublin unverstiteti asdtronomiya rasadxonasi professori va direktori bo’lgan. Kompleks sonlar nazariyasining aniq rasmiy bayonini bergan. 1843 yilda o’ziga xos sonlar sistemasi-kvaternionlar deb ataluvchi to’rt birlikli (l, i, j, r ) sistemani tuzdi. Shu sistema to’g’risidagi nazariyasi vektorlar analizi taraqqiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Mexanik variatsion usulni (eng kam ta’sir prinsipini) mexanikaga tatbiq etdi (rus matematigi M.V.Ostrogradskiy ham mustaqil ravishda aniqlagan). Bu prinsip mexanik va fizik jarayonlarning differensial tenglamalarini keltirib chiqarishda asosiy vositalaridan hisoblanadi. Matematik 1865 yil 2 sentabr kuni Dansinkda vafot etadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2001.

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan