SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Asrol Muxtorov Oʻzbekiston xalq ustasi 1948-yil 21-noyabr tavallud topgan kun.
1948-11-21

Asrol Muxtorov (1948.21.11, Toshkent) — ganchkor usta, naqqosh; Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). Usta Mahmud Usmonovszm hunar oʻrgangan; ustozi bilan birga ishlab (1966—79), respublikadagi jamoat binolari va xususiy turar joylarni bezashda qatnashadi. Respublika oʻquvchilar va yoshlar saroyidagi ganchkorlik toʻgaragiga rahbarlik qildi (1975). 1979-yildan ganchkorlar brigadasiga boshchilik qilish bilan mustaqil faoliyatini boshladi. Faoliyatida ganchkorlik, kulollik va naqqoshlikni uygʻun holda olib borib, bezaklar yaratdi. "Salom" choyxonasi (Qashqadaryo), "Dilorom" qahvaxonasi (Tosh-kent) va boshqa jamoat binolarini ganch oʻymakorligi bilan bezadi. Toshkent shahridagi Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahri hokimiyati, "Turkiston" saroyi, Baynalmilal madaniyat markazi, Oliy Majlis, Fargʻonadagi "Al-Fargʻoniy" teatri zali va boshqa binolarni ganch oʻymakorligi bilan bezadi. M. koʻplab shogirdlar tayyorlagan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan