SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2931    
Italyan fizigi, astronomi va mexanigi Galiley Galileo tavallud topgan kun
1564-02-15

Galiley Galileo- 1564 yil 15 fevral kuni Piza shahrida dunyoga keldi - italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslikning asoschilaridan biri. Galiley  aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni o’rgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Evklid va Arximed matematikasini  o’rgangan. Geometriya  va mexanikaga qiziqib ketgach,  Galiley tibbiyotdan voz kechib,  4 yil mobaynida matematikani o’rgangan va ihchamgina “Kichik tarozular” asarini yozgan (1586; 1655 yilda nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. Galiley mexanika bilan  astoydil shug’ullangan. Keyinchalik “inersiya qonunini”  kashf etgan, kuchlarni qo’shish qoidasini ifodalab bergan,    ko’chirma harakat tezligi  doimiy bo’lgan chog’dagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy ko’rsatkichlarini miqdoriy jihatdan aniqlagan.  Jismning qiya tekislikdagi harakati, ma'lum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab Galiley kashf  etgan, harakatning saqlanishi to’g’risidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan.  Galiley  olam tuzilishini tushintirishda N.Kopernik yo’lidan bordi. O’zi yasagan teleskop yordamida  Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining o’zgarishini, Quyosh dog’larini, Yupiterning 4ta yo’ldoshini kashf qildi va Quyoshning  o’z  o’qi atrofida aylanishini isbotladi.  Galileyning bu ishlari “Yulduz xabarchasi” (1610-11) asarida bayon qilingan.  “Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog” (1632) asarida        geliotsentrik sistemaning  to’g’riligiga   asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy kabi  Galiley ham Aristotelning “yengillik kuchi” tushunchasiga qarshi chiqib , faqat og’irlik kuchini tan oldi. Galiley o’z zamonasining ilg’or g’oyali kishilaridan  bo’lgan. Galiley fizika va mexanika fanlari bilan cheklanib qolmaydi: u musiqachi, adabiyotshunos, rassom,  san'at shinavandasi ham bo’lgan. Kopernikning geliotsentrizmini qat'iy yoqlagani uchun, inkvizitsiya sudiga tushgan. Unga Yer harakati to’g’risida gapirish va asarlarini nashr qilish ta'qiqlab qo’yilgan. Galiley umrining oxirigacha inkvizitsiya asiri hisoblangan.  U 1637 yilda ko’r bo’lib qolgan.1992 yilda Rim Papasi Ioann Pavel 2 inkvizitsiya sudining qarorini noto’g’ri deb topdi va Galileyni oqladi. Galiley 1642 yilda 8 yanvar kuni vafot etgan va Florensiyaning Archetri shahrida dafn qilingan.

 

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan