SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri
1973-08-04

Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri -O'zbekisonda yagona opereta teatri. Dastlab 1938 yil Samarqandda ochilgan. 1940 yil Toshkentga ko'chib, 1948 yilgacha faoliyat ko'rsatgan. 1973 yil 4 avgustda qayta tashkil etilib, A.Ginzburg sahnalashtirgan “Quvnoq urush” (I.Shtraus) spektakili bilan ochilgan. Repertuaridan dastlab “Chanita bo'sasi”, “Tbilisi osmoni ostida”, “Monmartr binafshasi”, “Silva”, “Sirk malikasi “, “Go'zalik tanlovi”, “Do'nna Lusiya” kabi zamonaviy va mumtoz operettalar, keyinroq “Marisa”, “Mister Iks”, “Lo'li premyer”, Bayadera”, “Ko'rshapalak”, “Lo'li baron”, ”Vals qiroli”, “Ayollar isyoni”, “Shirin meva”, “Sevastopol valsi", o'rin olgan. 1981 yilda teatrda birinchi o'zbek operettasi (“Quvnoq gunohkor”, K. Vasilyev, E. Solixov) sahnalashtirdi. O'zbek kompozitorlarining teatr bilan ijodiy hamkorligi kuchaydi. (A. Ergashevning “Chaqaloq”. E Solixovning “Tentak qiz” myuzikli, E. Qalandarovning “Temir xotin”, A.Ikromovning “Bevalar ovunchog'i” va boshqalar. “Go'zal Yelena", B.Zokirov xotirasiga bag'ishlangan “Arabcha tango” (rejissyor M.Xachaturov ), “Xonuma”, “Kunlardan bir kun Nyu—Yorkda “ (I. Berlin) singari spektakllari teatrning so'ngi yillar mahsulidir. Hozirda teatirning bosh dirijori- B. Rasulov, bosh baletmester –O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist F. Isayeva, bosh rassom–A. Batikov. O'zbekistonxalq artisti Z. Solovey. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar D. Minyeva, F. Maqsudov, S. Ortiqov va boshqalar. Teatirning yetakchi aktyorlaridir. Teatr jamoasi Rossiya, Baltiqbo'yi, O'rta Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo'lgan.
Ma'lumot:Toshkent ensiklopediyasi. Toshkent. 2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan