SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Bolalar ijodkori Kavsar Turdiyeva tavallud topgan kun
1958-08-06

Kavsar Turdieva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shaxrida ziyoli oilasida tug'ilgan. 1957 yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatib, so'ng Toshkent Davlat Doridfununiga o'qishga kirgan, so'ngi yillarda Sankt-Peterburg Davlat universitetini o'qib tugatgan. Hozir Toshkent Pediatriya Meditsina institutida kafedra mudiri lavozimiga ishlab kelmoqda. Adabiyotshunos va tilshunos oilasida tug'ilgan Kavsar yoshligidanoq bolalar adabiyotiga o'z moyilligini bildirdi. Uning respublika bolalar nashrlariga qatnab yurgan paytida yozgan ilk she'rlari bolalar adabiyoti namunasidir. Shoiraning “Varraq” “O'ynayapman, o'ylayapman”, “Qush bo'lib uchgan ona”, “Raqamlar bo'ylab sayohat” kabi to'plamlari bolalar qalbining beg'ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko'rsatishga bag'ishlangandir. Ammo ana shu jarayonda markazidan bir soniya ham nari ketmaydi. Zero, Kavsar Tudiyevaning bolalar adabiyoti tadqiqotchiligiga bag'ishlangan ishlari ham talaygina. Uning 1994 yili yoqlagan nomzodlik dissertasiyasining nomi ham “Hozirgi zamon o'zbek bolalar she'riyatida man'aviyat muammolari” mavzusiga bag'ishlangan, hozirda ish olib borayotgan doktorlik dissertasiyasi esa “So'ngi davr o'zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tamoyillari” deb ataladi. Kavsar Tudiyeva bolalar kinochiligi sohasida ham ijod qiladi. Uning “Zumrasha" hajviy kinojurnali uchun ishlagan “Man'aviyatlik boylik”, “Sumalak va tilak”, “Yodlasam bo'lmasmidi?” kabi mavzudagi ishlari yuqori baholandi. Uning multfilmlar, telefilmlar uchun yozgan qo'shiqlari ham ommalashib ketdi. Bolalar qo'shiqchiligi sohasida ham Kavsar Turdiyeva taniqli bastakor bilan o'z hamkorligini davom etirmoqda. Uning she'rlariga A. Nazarov, M. Mahmudov, Sh. Yormatov kabi bastakorlar kuy bastalaganlar. Kavsar Turdiyevaning “Toshkesaklar mamlakatida” dramatik ertagi sog'lom avlod yiliga bag'ishlagan tanlovining sovrindori bo'ldi. Serqirra ijodkor, shoira, olima, murabbiy Kavsar Turdiyeva bollar she'riyatida o'z o'rni va uslubiga ega.
Ma'lumot:Bolalar adabiyoti."O'qtuvchi". 2001.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan