SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
O’zbekiston xalq artisti Boris Giyenko Fyodrvich tavallud topgan kun
1917-08-08

O’zbekiston xalq artisti Boris Giyenko Fyodrvich 1917-yil 8-avgust kuni Vladikavkazda dunyoga keladi.  U 1941-yilda Toshkent konservatoriyasini tugatadi. 1945-1949-yillarda O’zbek davlat filarmoniyasi xalq cholg’u asboblari orkestrida dirijor, 1948-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog, kompozitsiya kafedrasi mudiri, 1980-yildan professor bo’lgan. 7 ta musiqali drama, “Oynisa” baleti (D. Zokirov bilan 1956-yil), spektakl va kinofilmlarga musiqa, 8 ta simfoniya, 5 ta konsert, ovoz va simfonik orkestr uchun konsert, 9 ta torli kvartet, fortepiano uchun “24 prelyudiya”, “12 ruboiy” va boshqa pyesalar, fortepiano va simfonik orkestr uchun “Masxarabozlar” asari, romans va qo’shiqlar muallifidir. O’zbek xalq cholg’ulari va orkestri uchun yozgan asarlari (“Guldasta” syutasi shular jumlasidan)da O’rto Osiyo, Оzarbayjon, Ukrain va boshqa xalqlar musiqa folkloridan foydalangan. Bir qator yetuk o’zbek kompozitorlari (R. Abdullayev, M. Bafiyev, U. Musayev, Sayfi Jalil va boshqalar) kompozitor sifatida tahsil olishgan. 1996-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 1988-yil O’zbekiston xalq artisti unvoniga va 1967-yil O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unvonlariga sazovor bo’lgan. Pedagog Boris Giyenko 2000-yil 18-sentabr kuni Toshkent vafot etadi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2002.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan