SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
O’zbekiston xalq artisti Boboxonova Xadicha tavallud topgan kun
1923-01-11

Boboxonova  Xadicha

Boboxonova  Xadicha  (1923. 11.1, Toshkent) – O’zbekiston  xalq  artisti (1979). Toshkent  teatr  texnikumini  tugatgan (1939), Moskva  Davlat  teatr  san’ati  instituti  qoshidagi  milliy  teatr  bo’limida  tahsil  olgan (1939-51). Kattaqo’rg’on (1951-58) teatrlarida  ishlagan, 1958 yildan  yana  Surxondaryo  teatrida  ishlagan. Asosiy  rollari:  Maysara (“Maysaraning  ishi”), Zuhra (“Tohir  va  Zuhra”), Layli (“Layli  va  Majnun”), Nodira (“Nodira”), Farmonbibi(“Kelinlar  qo’zg’oloni”), To’lg’anoy (“Momo  Yer”), Ona  Turk (“Amir  Temur  va  Yildirim  Boyazid”), Saodat (“Qaytar  dunyo”), Jannat  xola (“O’chmasin  chiroq”)  va  boshqalar. Yaratgan  obrazlari  to’laqonliligi  va  milliy  xususiyatlarga  boyligi  bilan  ajralib  turadi. O’zbek, qozoq, turkman, ozarbayjon  xalq  qo’shiqlarining  mohir  ijrochisi. “Shuhrat” (1994) medali, “El-yurt  hurmati” ordeni (1998) bilan  taqdirlangan.

O’zbekiston  milliy  ensiklopediyasi.T.,2001.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan