SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Italyan olimi, me'mor Alberti Leon Battista tavallud topgan kun
1404-11-18

(1404.18.11T Genuya - 1472.25.4, Rim)  Italyan olimi, me'mor, yozuvchi va musiqashunos. Uyg'onish davrida yashab ijod etgan.  Paduya va Boloniyada ta’lim olgan. Rim va Flarensiyada yashab ijod etgan. Italiyan tilida “Haykal haqida”, “Rassomchilik haqida”, lotin tilida “Me’morlik haqida” chop etilgan  nazariy risolalarida ilg’or  ilm yutuqlarini zamonaviy san’at bilan boyitib, umumlashtirgan, “Oila haqida”gi axloqiy risolalarda  har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni talqin qilgan. Me’morlikda qadimiy Badiiy merosdan  foydalanib, bino bosh tarzini yunon me’morligiga xos uslubda ravoqlari keng, serhasham, yangi shakllarini yaratgan: Florensiyadagi Ruchellai  Рallasso saroyi, 1446-51; Santa-Mariya Novella, 1456-70; Riminidagi San-Fransisko, 1447-68; Mantuyadagi  Sant-Аndrea(1472-94) cherkovlari va boshqalar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan