SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
25262728   
Rus yozuvchisi, masalchi Krilov Ivan Andreyevich tavallud topgan kun
1769-02-13

Krilov Ivan Andreyevich-1769 yil 13 fevral kuni Moskvada tug‘ilgan- rus yozuvchisi, masalchi. “Pochta duxov”(1789), “Zritel” (1792) jurnallarini nashr ettirgan.1786-88 yillarda   tragediya (“Kleopatra”, “Filomela”), komik operalar (“Bahodir Ilya”, 1870) yozgan.   1809-43 yillarda 200 dan ortiq masallar yozgan. Birinchi “Masallar” kitobi 1809 yil nashr qilingan. Ularda  zulm va zo‘rlik qoralangan (“Bo‘ri bilan qo‘zichoq”, “Hayvonlar o‘lati”, “Bo‘rilar va ovchilar”, “Dehqonlar va daryo” va boshqalar), vazirliklarning qayta tashkil etilishi (“Kvartet”), Arakcheyevning zolimligi tanqid qilingan(“Baliqlar raqsi”). 1812 yildagi Fransiya – Rossiya urushi yillarida yozgan “Mushuk va oshpaz”, “Itxonaga kirib qolgan bo‘ri”, “Qarg‘a va tovuq”, “Mushuk va cho‘rtan baliq”va boshqa masallarida vatanparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Asarlarida sofdil va mehnatsevar kishilar ulug‘langan, dangasa , qo‘rqoq, ikkiyuzlamachilar tanqid qilingan. Masallari demokratik ruh bilan sug‘orilgan. Satirasi kuchli va ta’sirchan. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. I.Krilov Peterburgda 1844 yil 21 noyabr kuni vafot etgan.

 










Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan