SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2018
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122232526
2728293031  
Fyodor Ivanovich Shalyapin tavallud topgan kun
1873-02-13

Fyodor  Ivanovich  Shalyapin

1873  yil  13 fevralda  buyuk  opera  xonandasi  Fyodor  Ivanovich  Shalyapin  dunyoga  keldi.

Shalyapin  yetuk  san’atkor  bo’lib  etishguncha  juda  og’ir, mashaqqatli  yo’lni  bosib  o’tdi. Hayot  to’siqlari, muhtojlik  yosh  Fyodorni  niyatidan  qaytarolmaydi, chunki  u  san’atni  butun  vujudi  bilan  sevar, usiz  hayotini  tasavvur  etolmas  edi.

Shalyapinni  san’at  sehri  butunlay  o’ziga  maftun  etgandi. O’sha  paytlari  ular  yashaydigan  joyga  opera   teatri  jamoasi  kelgandi. Bu  yerda  qo’yilgan  spektakldagi  opera  ijrosi  Shalyapinni  hayratga  soladi. Shundan  so’ng  u  ko’cha-kuydami, uydami, oddiy  kundalik  turmushdagi  gaplarni  ham  operaga  aylantirardi.Endi  uni  teatrda  tomoshabin  bo’lib  o’tirish  qoniqtirmasdi. U  sahna  ortiga  o’tib,  oyni  qanday  yoritishlarini, odamlari  qayoqqa  g’oyib  bo’lishlariyu  sahnani  qanday  qilib  tez  qurishlarini, kiyim-kechaklaru, tomoshadan  so’ng  bu  yorqin, go’zal  hayotning  qayoqqa  g’oyib  bo’lishini  juda-juda  bilgisi  kelardi. Nihoyat, oradan  ko’p  o’tmay, spektaklda  statist (sahnada  gapirmasdan  rol  ijro  etish) bo’lib  ishtirok  eta  boshladi.

Shalyapin  teatrda  ijro  etadigan  rollarda  kiyadigan  liboslar  qanday  bo’lishi  kerakligini  o’rganish  uchun  rassomlardan  ko’proq  tanish  orttira  borardi. U Moskvaga -  Mamontov  rahbarligidagi  teatrga  kelgach, san’atkorga  erkin  ijod  qilish  imkoni  beriladi. U  erkin  ijod  qilish  imkoniga  ega  bo’lgach, repertuaridagi  Susanin, Mefistofel  va  boshqa  rollarini  yanayam  mukammallashtirishga  kirishadi.Shalyapinning  barcha  ijrosi  juda  tabiiy, hayotiy  hamda  nihoyatda  ta’sirli  chiqar, ijrosida  hech  bir  sohtalik, yasamalik, siyqasi  chiqqan  eski  sahna  yondashuvlari  ko’zga  tashlanmasdi.

U  yuqori  bas  ovozda  kuylash  bilan  birga,  vokal  san’atining  yirik  namoyondasi  hamdir. Shalyapin  faqat  musiqa  va  aktyorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanibgina  qolmay, opera  asarlarini  ham  sahnalashtirgan, rassomlik  hamda  haykaltaroshlikdan  ham  yaxshigina  xabardor  bo’lib, adabiyot  sohasida  ham  qalam  tebratgan. U  san’at  uchun  tug’ilgan  va  uni  bor  vujudi  bilan  sevib,  usiz  hayotini  tasavvur  eta  olmagan  buyuk  ijodkor.

Jahon  adabiyoti.Jurnal.Fevral.2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan