SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Sharqshunos, manbashunos, olim Ne’matulla Ibrohimov tavallud topgan kun
1945-08-08

 Ibrohimov Ne’matulla 1945 yil 8- avgustda Marg’ilon shahrida tavallud topgan. Sharqshunos, manbashunos, olim, jamoat arbobi. 2000 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, 1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, 1984 yilda Filologiya Fanlari doktori, professor unvonlari bilan taqdirlangan. Toshkent universitetining sharq fakultetini tugatgan. Ibrohimov arab manbalari bo’yicha O’rta Osiyo tarixini o’rganish, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishi bo’yicha izlanishlari olib borgan. Ibrohimovning asarlari Sharq va G’arb tillaridagi nodir manbalarning chuqur tahliliga asoslangan. Ibrohimov manbashunoslikda yangi yo’nalishlardan biri-Sharq badiiy tafakkuri va elitar madaniyatlarning uzviy yagonaligi haqidagi konsepsiya asoslarini yaratdi. Ibrohimov O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi, “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Bosh tahrir hay’ati a’zosi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Toshkent. 2002 yil

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan