SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Hindiston milliy kongressi a'zosi Indira Gandi tavallud topgan kun
1917-11-19

Indira Gandi. (To'liq ismi Indira Priyadarshni Neru) 1917 yil 19 noyabrda Dehlida tug'ilgan. Hindistonning siyosat va davlat arbobi. Javaxerlal Neruning qizi. Shvetsariya, Angliya va Hindiston oliy yurtlarida ta'lim olgan. 1938 yildan Hindiston milliy kongressi partiyasi a'zosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947 yilda Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. Gandi 1959-1960 yillarda Hindiston milliy kongress raisi, L.B.Shastri hukumatida axborot va radio eshittirish vaziri(1964-66), bosh vazir (1966-77). 1977 yilning mart oyida bo'lib o'tgan parlament saylovlarida Hindiston milliy kongress mag'lubiyatga uchradi va hokimiyatni qo'ldan boy berdi. 1977 yil dekabrida yuz bergan ichki ziddiyatlar natijasida Hindiston milliy kongress ikkiga bo'linib ketdi va Gandi 1978 yilning yanvar oyida o'z tarafdorlarining Hindiston milliy kongress (Indira) yangi partiyasini tuzdi va uning raisi qilib saylandi. 1980 yil muddatidan ilgari bo'lib o'tgan saylovlarda Hindiston milliy kongress (Indira) g'alaba qildi va Gandi yana bosh vazir lavozimini egalladi. Gandi terrorchilar tomonidan otib o'ldirilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan