
Biokimyogari va
geokimyogar olim Aleksandr Vinogradov Pavlovich 1895 yil 9 avgust kuni Peterburgda dunyoga keladi. 1953 yilda sobiq
Ittifoq FAning akademigi, 1967-1975 yillarda vitse-prezidenti bo’lgan. Ilmiy
ishlari geokimyo va kosmos kimyosiga bag’ishlangan. Biokimyogar fanga
biokimyoviy provintsiya tushunchasini kiritdi, Yer po’sti vujudga kelishining
universal mexanizmi gipotezasini taklif qildi. 1957, 1962 yillarda Yer
po’sti jinslardagi kimyoviy elementlarning o’rtacha miqdorini aniqladi. Yer va
Yer toifasidagi sayyoralarning kimyoviy evolutsiyasi nazariyasini ishlab
chiqdi. Oydan olib kelingan tog’ jinslari geokimyosini o’rgandi. Aleksandr
Vinogradovning rahbarligida bir necha metallar sintez qilingan. Uran
izotoplarining parchalanish jarayonlarini aniqlagan. Olim 1975 yil 16 noyabr
kuni Moskvada vafot etdi.
Ma’lumot:
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi