SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
91011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Huquqshunos olim G’ulom Ahmedov Ahmedovich tavallud topgan kun
1916-08-11

Huquqshunos olim G’ulom Ahmedov Ahmedovich 1916 yil 11 avgust kuni Qozog’istonning Turkiston shahrida tavallud topgan.  1937-1941 yillarda Toshkent yuridik instituti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida ta’lim olgan. 1959-1996 yillarda O’zbekiston FA Falsafa va huquq instituti jinoyat huquqi sektorining mudiri, 1997 yildan ilmiy xodim bo’lib ishlagan. Uning ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillashtirish xususan giyohvandlik va ichkilikka qarshi kurash muammolariga bag’ishlangan. Huquqshunoslikka doir lug’atlar tuzgan, o’zbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qo’shgan. Olim 1973 yilda yuridik fanlari doktori va 1986 yildan professori, 1993 yildan esa O’zbekiston xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvonniga sazovar bo’lgan.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan