SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111213
15161718192021
22232425262728
293031    
Nemis yozuvchisi Yoxann Volfgang Gyote tavallud topgan kun
1749-08-28

Nemis yozuvchisi Yoxann Volfgang Gyote 1749-yil  28 avgust sanasida Frankfurt-Mayn shahrida tavallud topadi. Mutafakkir yangi davr nemis adabiyotining asoschisidir. Ijodini 18-asrning 70-80-yillari Germaniyada mavjud bo’lgan “Bo’ron va hujum” adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlagan. Shu davrda Gyote 1773-yil  “Ges fon Berlixingen”, 1773-yil “Prometey” kabi dramalar va lirik she’rlar yartdi. Yozuvchi adabiy faoliyatining ilk davriga mansub 1774-yil “Yosh Verterning iztiroblari” romani o’sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo’ldi. Asarda ilg’or nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojeasi o’z aksini topgan. Gyote Italiya safar qiladi. Shu davrda u 1779-1781-yillar, 1788-yil “Ifigeniya Tavridda, 1788-yil “Egmont”, 1780-1789-yillar “Torkvato Tasso” kabi dramalar yozadi. 1811 – 1833-yil “     She’riyat va haqiqat” avtobiyografik  kitobi, 1793-1796-yil “Vilxelm Maysterning o’qish yillari”, 1821 -1829-yil “Vilxelm Maysterning darbadarlik  yilari” romanlarida munosabat masalasi aks etgan.Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur o’rganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Sa’diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug’bek, Alisher Novoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote 1814 -1819-yillarda “Marg’i bu mashriq devoni”ni  Sharq she’riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon “Mug’anniynoma”, “Hofiznoma”, “Ishqnoma”, “Tafriqnoma”, “Ranjnoma”, “Hikmatnoma”, “Zulayxonoma”, “Temurnoma”, “Soqiynoma”, “Matalnoma”, “Forsiynoma”, “Xuldnoma” kabi 12 bo’limdan iborat. Devonda “bulbul”, “hur”, “fatvo”, “mug’aniy”, “mufti”, “tilsim”, “mirzo”, “darvesh” kabi so’zlarni asliyatda kuylaydi. Gyotening 1768 -1832-yil jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo’ladi. Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan. Gyote she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilish 20 – asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (Cho’lpon, Oybek, Shayxzoda va boshqalar). Keyinchalik Gyotening 1972 -1975-yil “Fasut” (Erkin Vohidov tarjimasi), 1985-1990-yil “Mag’ribu mashriq devoni” (S. Salim Buxoriy tarjimasi), 1975-yil “Yosh Verterning iztiroblari” (Y. Egamova tarjimasi), kabi asarlari o’zbek tilida nashr etilgan. Gyote ijodi haqida o’zbek adabiyotshunos  va tanqidchilari (V. Zohidov, I. G’afurov, O. Olloberganov, Y. Egamova, Poshali Usmon o’g’li va boshqalar) adabiy-tanqidiy maqolalar yozishgan. Germaniyaning ma’rifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi Gyote nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 malakatida, shu jumladan 1998-yildan Toshkentda ham faoliyat ko’rsatmoqda. Mshhur yozuvchi 1832-yil 22-martda Veymarda vafot etadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan