SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
Mehr-shafqat malikasi Agnes Bojaksua tavallud topgan kun
1910-08-27

1910 yiliing 27 avgustida Makedoniyaning Skopye shahrida, alban katoliklari Nikola va Drana Vojak sualar oilasida uchinchi farzand dunyoga keldi. Qizaloq Agnes Bojaksualar sulolasida uchinchi farzand dunyoga keldi. Qizaloqqa Agnes Bojaksua deb ism qo'ydilar. Agnesning ota-onasida muhtojlarga mehr-muruvvat ko'rsatish qay darajada shakllangan bo'lsa, qizaloq ham shu tariqa ulg'aydi. Shu bilan birga Agnes katolik dinida yaratganning bandalari bir-birlariga yordam berib yurishi kerakligi xususida o'z tushunchalarini bir qadar boyitib bordi. Agnes 18 yoshida rohiba bo'lish darajasiga etib qolayozdi. U Janubiy Hindistonda missioner rohibalar Loreto tashkilotida ishlash istagini bildiradi. Chunki amaldagi tartib-qoidaga muvofiq, bu tashkilotga a'zo bo'lganlar oila qurish, farzand ko'rish, o'zining ma'lum qobiliyatlarini namoyon etishdan mahrum qilinardi. Dastlab u Irlandiya - Dublinga, Loreto Abbey tashkilotiga samolyotda uchadi. U yerda yangi rohibalar Hindistonda maktab bolalariga o'rgatishlari zarur bo'lgan ingliz tilida gapirish bilan birga o'zlarini qat'iy to'siqlar ichidagi hayotga tayyorlashardi. Mana shu yerda Agnesni Meri Tereza, ya'ni rohibalarga xos ism bilan atay boshlaydilar. Bir yillik tahsil tugagach, 1929 yilning yanvarida rohiba Tereza Hindistonga qaytib keladi va tezda o'zini faqirona hayot quchoviga otib, itoatni hayot shioriga aylantiradi. Meri Tereza tibbiy klinikalarda hamshiralarga yordam berish orqali bemorlarga, o'lim tushagida yotganlarga hayot bag'ishlardi. Uning savob ishlari Kalkuttadagi Loreto ibodatxona maktabida davom etdi. Ona Tereza ezgu ishlarni qanchalik ko'p amalga oshirmasin, baribir bundan o'zining ko'ngli tulmasdi. Atrofida uning yordamiga muhtoj kambag'allar son-sanoqsiz edi. U nima maqsadda Hindistonga keldi-yu, hozir nima bilan band? Mana shu savollar uni bezovta qilar, Uylantirar, kechayu kunduz g'ariblar ko'nglini ovlash haqida qayg'urardi. Shu bilan birga Tereza xonim Yaratganga sig'inib, ibodat qilishni kanda qilmasdi. Oradan to'qqiz yil o'tgach, Ona Tereza ibodatxona maktabidan ketish buyurildi. Butun umrini rohibalik bilan o'tkazishga qasamyod qigan Tereza Loreto tashkilotidan ketishga ruhsat so'radi. Lekin tashkilot ma'muriyati uning bu yerni tark etishini istamadi. Chunki ular Ona Terezaning ibodatxona devorlari orqasida nochorlarga yordam berishiga ishonmagandilar. Shunga qaramay, uning talabi qondirildi va 1948 yil 6 avgustda u ibodatxona maktabidan butunlay bosh olib chiqib ketdi. Shunday qilib, Tereza Hindistonning Patna shahridan qo'nim topdi. Ishni nimadan boshlash kerak shu savol uni qiynardi? Bir kuni tavakkal qilib kambag'allar to'dasi orasiga kirib qoldi. Bir ozdan keyin bir qancha bolalar uning ortidan ergashdilar. Shunda u daraxt tagiga o'tirib, tuproqqa bengal alifbosini yoza boshladi. Shu tariqa u bir to'da bolalar qurshovida qolgan edi. Rohiba bilan ular o'rtasida iliq bir munosabat shakllandi. Hovli-maktabdagi mashg'ulotlarga kambag'al oylalarning farzanlari yopirilib kela boshladilar. Ko'p o'tmay Meri Terezaning atrofida beva-bechoralarni qo'llab-quvvatlovchi mahalliy aholining o'ziga to'q vakillari ham paydo bo'la boshladi. Ona Terezaning ilk yordamchisi Loreto ibodatxonasining talabalaridan biri Subhasini Das edi. Unga yana 12 hamshira kelib qo'shildi va ularga rahbarlik qildi. 1952 yili Ona Tereza yetim-esirlarga ko'mak berishning boshqa yo'llarini ham qidirib topishga muvaffaq bo'ldi. Chunki u yordam berayotgan kambag'allarnnng ko'pchiligi Kalkutta ko'chalarida o'z o'limlarini kutib yotishardi. Ona Terezaga shahar ma'muriyati hindlar ibodatxonasining orqa tarafidagi xonalarmi nochor ahvoldagi bemorlarga boshpana sifatida foydalanishga ruxsat berdi. Bir vaqtning o'zida 120 nafar kishiga yordam ko'rsata olgan bu maskan «Nirmal Xraydi» («Sof, pok yurak dargohi»)nomi bilan dong taratdi. U o'g'il bolalarga ta'lim-tarbiya berishni yo'lga qo'ydi. Qizlarni turmushga tayyorlay boshladi. U endilikda rosmana mehr-shafqat dunyosining asoschisiga aylanib ulgurgandi. Mehr-shafqat missionerlari moxov odamlarning hunar egallab, o'zlarini boqishlari uchun «Shanti Nagor»lariga atab klinikalar ochishdi. Davolanishga kelolmaydiganlar uchun esa mehribon ayol dorilarga to'la aravani ko'chalar bo'ylab yurishib, ularga etkazishardi. Dunyoning barcha burchaklaridan bu ayolning o'ziga domiylik qiluvchilar dam ko'paygandan ko'paydi. U nafaqat Hindistonda, balki Venesuela, Italiya,Tanzaniya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari va dunyoning boshqa mamlakatlarida dam etimlarga yordam berish uylarini ochdi. 1990 yilga kelib 95 ta mamlakatda 430 ga yaqin najot uylarini ochishga erishgan edi. Jahondagi nufuzli xalqaro tashkilotlar Ona Terezani buyuk ishlari uchun mukofotlashga qaror qilindi. Shu yili u tinchlikni targ'ib etganligi uchun Nobel mukofotiga loyiq ko'rildi. Mukofot bilan birga unga 190.000 dollar miqdorida mablag' ham topshirildi. Ona Tereza umriiiig oxirigacha ya'ni, 1997 yil 5 sentyabrga qadar qalbiga quloq tutdi. U bilan vidolashuv har qanday yurakni o'rtab, larzaga solgani rost. Muhtojlar ko'nglini ovlab, ezgu amallarning ijrochisiga aylangan Ona Tereza ama shunday siylovga munosib siymo edi.

Maьlumot: Dunyo malikalari. “Yangi asr avlodi”. 2012yil.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan