SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Tarixchi va sharqshunos olim Bo’riboy Ahmedov tavallud topgan kun
1924-08-12

Tarixchi va sharqshunos Bo’riboy Ahmedov  1924 yil 12 avgust kuni Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani Qorasuv qishlog’ida dunyoga kelgan. 1953 yilda O’rta Osiyo unverstetining sharq fakultetini bitirgan. 1960 – 1990 yillarda O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo’lim boshlig’i, 1991 yildan bosh ilmiy xodim, 1995 yildan xalqaro Amir Temur jamg’armasi raisi bo’lib faoliyatlar olib borgan. Tarixchining ilmiy faoliyati o’zbek xalqining etnik tarixi va shakillanishi, manbashunoslik, O’rta Osiyo xalqlarining 10-19 asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yo’nalishlarga qaratilgan. Bir qancha qo’llanma, lug’atlar ( 1977 yil “Tarixdan qisqacha izohli lug’at”) muallifi. 1996 yiulda Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib boradi. Amir Temurga bag’ishlangan xalqaro anjumanlar (1996 yil Parij, Samarqand)da qatnashib maruzalar qildi. 1995 yil “Amir Temur” tarixiy romanini yozdi. Bir qancha kitoblarga ma’sul muharrirlik qildi. Asarlari ingiliz, fransuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. 1997 yildan “O’zbekiston milliy entiklopediyasi” Bosh tahriri hayati a’zosi, 1989 yilda Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati bo’lgan. 1994 yilda “Do’stlik”, 1999 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.  

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan