SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Aktrisa, rejessyor Sayram Nig'matovna Isayeva tavallud topgan kun.
1942-11-24

Sayram Isayeva  Nig'matovna 1942 yil 24 noyabrda Dushanba shahrida tug'ilgan. Aktrisa, rejessyor. Tojikiston xalq artisti(1986). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1964). 1964 yildan Kamol Xo'jandiy nomidagi Leninoobod (Hozirgi Sug'd) viloyat musiqali drama teatrida ishlaydi. Teatrda Robiya (“Tugal aytilmagan qo'shiq”), Aza (“Lo'li qiz Aza”), Emiliya (“Otello”), Rozina (“Figaroning uylanishi”) kabi obrazlar yaratgan. Rejissyor sifatida “Kelinlar qo'zg'oloni”, “Farmonbibi arazladi” (S. Ahmad), “Otasining qizi” (Isfandiyor), “Afandining besh xotini” (I.Sodiqov), “Imtihon” ( F.Ansoriy), “Ayol jahllanganda” (S.Safarov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Sayram Isayeva  Nig'matovna ko'pgina o'zbek filmlarida suratga tushgan:Malika (“Laylak keldi, yoz bo'ldi”), Sayram (“Uyimga kel”), Turdixon (“O'zganing baxti”), Sayram (“Galatepalik avliyo”, Maysara (“Maysaraning ishi”), Nodirabegim (“Odamlar orasida tanxo”), O'zbekoyim (“O'tkan kunlar”) va boshqalar. Shuningdek, “Hayot tunda o'tdi” (Saida), “Uchinchi qiz” (Gulnora). “Rustam va Suhrob” (Gurdofarid),”Jinoyatchi va advokatlar” (Sayram) kabi tojik filmlarida ham rollar o'ynadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan