SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Aktyor va rejissiyor G'oyibnazar Iskandarov Matmurodovich tavallud topgan kun
1934-11-20

G'oyibnazar Iskandarov  Matmurodovich 1934 yil 20 noyabrda Toshhovuzda tug'ilgan. Aktyor, rejissyor. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1981). Toshkent teatr va rassomchilik san'ati institutining aktyorlik (1957) va rejissyorlik (1983) fakultetlarini tugatgan. Hamza teatrida aktyor (1954-1961), O'zbekiston televideniyasida aktyor va rejissyor (1961-1977), Jizzax teatrining bosh rejissyori (1977-1981), Jizzax filarmoniyasining direktori (1981-1987), O'zbekiston radiosida rejissyor (1988-1994). Asosiy rollari: Mo'min Mirzo (“Alisher Navoiy”), Omon (“Yangi er”), Nizom (“Xurriyat”) va boshqalar. Rejissyorlik qilgan asarlari: “Jamila” (Ch.Aytmatov), “Shishali yurak” (L.Ustinov), “Bevafo еkan” ( A.Jamol, G'.Iskandarov) kabi spektakllar; “Zo'raki tabib” (Moler), “Oygul bilan Baxtiyor” (H,Olimjon), “Kelinlar qo'zg'oloni” ( S.Ahmad) va boshqa spektakllar. (O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 4tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan