SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Fransuz faylasufi, psixologi Gelvesiy Klod Adrman tavallud topgan kun
1715-01-31

Gelvesiy Klod Adrman (1715.31.1 – Parij- 1771.25.1) – fransuz faylasufi, psixologi. Gelvesiy fikricha, olam moddiy, vaqt va fazoda cheksiz, doimiy harakatda; tafakkur va sezgi materiyaning xossasidir. Insonning ongi va ehtirosini ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi. Gelvesiy bilish nazariyasida agnostisizmga qapshi, materialistik sensualizm tarafdori. U xotirani bilishning ikkinchi quroli, tafakkur sezgilarimiz yig‘indisi, deb ta’kidladi. Gelvesiy ijtimoiy muhit deganda siyosiy hayotni, qonunchilikni tushungan. Ijtimoiy hayot yuridik qonunlarlarga bog‘liq deb, tenglikni kishilarning qonun oldidagi tengligi ma’nosida talqin etgan. Asarlari: “Aql to‘g‘risida” (1758), “Inson to‘g‘risida, uning aqliy qobiliyatlari hamda tarbiyasi haqida” (1772, vafotidan keyin)

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T.2


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan