SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
Aktrisa Yayra Abdullayeva Umarovna tavallud topgan kun
1930-08-14

Aktrisa Yayra Abdullayeva Umarovna 1930-yil 14-avgust kuni Andijonda dunyoga kelgan. U Lizaxonim Petrosovaning qizi. 1950-yilli Toshkent san’at institutini tugatgan. Ijodini 1945-yil G. Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida boshlagan. Aktrisa 1950-yildan Hamza teatrida faoliyat boshlagan. U Hafiza (A. Qahhor, “Shohi so’zana”), Guli (Uyg’un, I. Sulton, “Alisher Navioy”), Katerina (A. Ostrovskiy, “Momaqaldiroq”), Gulbahor (Hamza, “Boy ila xizmatchi”) Gulnor (Oybek, “Qutlug’ qon”), Turg’unoy (I. Sulton, “Nomalum kishi”),  Xemnolini (R. Tagor asari asosida, “Gang daryosining qizi”) kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va oliyjanobligini mujassamlantirdi. Key (M. Kaoru, “O’g’irlangan umr”) obrazi Yayra Abdullayeva ijodining cho’qqisi bo’lib, u yapon ayolining mashaqqatli hayoti yo’lini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib bergan. Regana (U. Shekispir, “Qirol Lir”), Mariya Styuart (F.Shiller, “Mariya Styuart”) obrazlari bilan psixologik va fojiaviy rollаr ustasi sifatida tanildi. Aktrisa ovoz, imo-ishora, kinoya va boshqa ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalanadi. Nodirabegim (T. To’la, “Nodirabegim”) obrazi aktrisa ijrosida ulug’vor, oliyjanob malika va otashin ijodkor sifatida namoyon bo’ldi. Yayra Abdullayevaning kinodagi asosiy rollari: Gulbahor (“Boy ila xizmatchi”), Dildor (“Opa-singil Rahmonovlar”), Ra’no ( “Stadionda uchrashamiz”), Saodat (“Hamza”), Xotira (“Vijdon amri bilan”) va boshqa 1967-yil  Hamza monidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati va 1998-yil “Do’stlik ordeni bilan taqdirlangan.  1964-yil u O’zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo’lgan. 

Malumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan