SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
81011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Ingiliz yozuvchisi va dramaturgi Jon Golsuorsi tavallud topgan kun
1867-08-14

Ingiliz yozuvchisi va dramaturgi Jon Golsuorsi 1867-yil 14-avgust kuni Londonda tavallud topadi. Uning dastlabki asarlari 1897-yil “To’rt shamol” hikoyalar to’plami, 1898-yil “Joslin”, 1900-yil “Villa Rubeyn” romanlari yangi romantik yo’nalish ta’sirida yozilgan. Jon 1904-yil “Fariseylar oroli” romani bilan ijtimoiy-maishiy mavzuda romanlar turkumi yaratishga kirishdi. 1907-yil “Qo’rg’on”, “Chorbog’”, 1909-yil “Qardoshlik”, 1911-yil “Patritsiya”, 1915-yil “Frilendlar” romanlarida jamiyatdagi turli tabaqalar hayotidagi qarama-qarshiliklar aks ettirilgan. Jon  garchi adabiyotdagi yangi oqimlar – estetizm, naturalizm, modernizmga zamondash bo’lsa ham, an’anaviy realizm maktabiga sodiq qolib, uni yangi bosqichga ko’tardi. 1907-yil “Jon”, 1909-yil “Kurash”, 1910-yil “Adolat” va boshqa pyesalari mahnatkashlar hayoti haqida. Muayan zadagon oilasi taqdiriga bag’ishlangan yirik epopeya – 1906-1922-yillar “Forsaytlar haqida qissa”, 1924-1928-yillar “Zamonaviy komediya”, 1931-19033-yil “Bobning  yakuni” trilogiyalari va shu turkumga kirgan hikoyalarida 19-asr oxiri 20-asrning birinchi choragidagi ingiliz jamiyatdagi kuchli va ojiz tomonlar hayotiy lavhalarda  ochib berildi. Jon asarlari ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Yozuvchi 1932-yil Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Dramaturg 1933-yil 31-yanvar kuni Londonda olamdan o’tadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan