SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
O’zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov tavallud topgan kun
1926-09-01

O’zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov

Umarov,  Faxriddin Asilpo’lat o’g’li (1926.01.09, Qibray tumani) – lirik xonanda va bastakor, O’zbekiston xalq hofizi (2002). Ilk musiqa saboqlarini otasidan, so’ng hofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon So’fixonovlardan o’rgangan. Toshkent konservatoriyasida ta’lim olgan (1950-1953). O’zbekiston radioqo’mitasi (1946-1961), O’zbek davlat filarmoniyasi (1961-1986)  yakkaxon xonanda. Repertuaridan, asosan, kuylarni o’zi bastalagan qo’shiq va ashulalar       “Ishqingda zor o’ldim” (Noqis g’azali), “ Naylaram” (Xislat), “Jamoling”,”Sochining savdosi tushdi” (Bobur), “Onam derman” (Yo.Mirzo), “Qaydasan” (Mashrab), “O’zbegim”(E.Voxidov),     “Ey, muxabbat” (P.Mo’min),    “Umr o’tmoqda” (T.Sulaymon),  shuningdek, mumtoz (“Chorgoh”, “Bayot” kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari  (“Munojot”, “Sodirxon Ushshog’i” va boshqalar) o’rin olgan. Ijrolari O’zbekiston radiosi fonojamg’armasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi”. T.2003.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan