SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121415
16171819202122
23242526272829
3031     
O'zbekiston xalq artisti Munojotxon Abduvaliyevna Yo'lchiyeva tavallud topgan kun
1960-11-26

Munojotxon Yo'lchiyeva Abduvaliyevna 1960 yil 26-noyabrda Buloqboshi tumanida tug'ilgan. Xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1994). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1985. An'anaviy xonandalik va maqom san'ati sirlarini M.Mirzayev va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sh.Mirzayevlardan o'rgangan. O'zbekiston teleradio qo'mitasining “Maqom” ansamblida (1980-82), M.Qoriyoqubov nomidagi O'zbek davlat filarmoniyasi (1982 yildan, 1966 yildan “O'zbeknavo”)da xonanda. Repertuaridan maqom yo'llari (“Saraxbori Navo”. “Saraxbori dugoh”, “Mo'g'ulchai Navo”, “Talqini Ushshoq”va boshqalar), o'zbek mumtoz va xalq ashulalari(“Ushshoq”, “Munojot”, “Chorgoh”, “Tanavor”, “O'zgancha”. “Girya” va boshqalar), katta ashulalari (“Ey dilbari jononim”, “Ishqing o'tig'a” va boshqalar), o'zbek bastakorlar asarlari “Nixon etdi”, Mehnat ahli”, “Bul ajab”, “Qayondir”, “Ra'no kibi” va boshqalar o'rin o'lgan. Hofiza o'zining noyob ovozi. Chuqur hissiyot va dardli nolalarga boy ovozi, o'ziga xos, yurakdan kuylash uslubi bilan ajralib turadi. Bastakor va sozanda Sh. Mirzayev boshchiligidagi musiqachilar guruhi bilan Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda bo'lgan. Ijro etgan ashulalari grammplastinka (Toshkent 1981) va kompakt disk (Fransiya 1995; Germaniya 1997)larga yozilgan. Uning ijodiga bag'ishlangan 2 film (“O'zbekkinoxronika” studiyasi, 1982; “O'zbektelefilm studiyasi, 1983) va 3 vidiofilm suratga olingan. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998). “Sharq taronalari” 1-xalqaro musiqa festivalida 1- mukofot sovrindori (1997) bo'lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan